Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Futbol va moliya - APL transferlari haqiqati

Futbol va moliya - APL transferlari haqiqati

Baho:
+ | -

Arsen Venger imkoniyat tug‘ilishi bilan «Manchester Siti» rahbariyati Xosep Gvardiola uchun mukammal tarkib shakllantirish yo‘lida million-million sarflaganini tilga olyapti.

Soccer.ru sayti esa rakursni kengroq olib, APLning transferlar dunyosini xolis baholashga urindi. Xo‘sh, liga bozorida qoniqarli balans mavjudmi?

Venger ochiqchasiga tan olyapti - Gvardiola o‘ziga xos g‘oyalarga ega murabbiy. Ammo «kanorirlar» ustozi shuning barobarida «Siti»ning yuksalishini avvalo, neft sarmoyalari bilan bog‘lamoqda. U yana 2004 yili «qudratli neft» ta’sirisiz ham xuddi bugungi «Siti»dek kuchli jamoa tuzganini qo‘shimcha qilishni unutmayapti.

Venger haqmi? Yo‘q, albatta. Har holda, fransuz mutaxassisi biroz bo‘rttiryapti. Deylik, «Arsenal» taxtga ko‘tarilgan o‘sha mavsum APLning transferlarga bog‘liq  balansi minus 243 mln. yevroga teng edi. Xususan, London jamoasining o‘zida sotuv va xarid o‘rtasidagi farq minis 27 mln. yevro bo‘lgandi.

Shunday ekan, APLda pul doim muhim rol o‘ynagan. Faqat bitta farq shuki, avvallari futbolchilar transferi hozirgidan ancha arzonroqqa tushardi. Raqamlarga e’tibor qarating, APLning hisob bo‘yicha 26-mavsumi arafasida klublar tomonidan amalga oshirilgan tranfserlar balansi (sotuv-xarid) jami minus 676 mln. yevrodan oshdi.

Ya’ni 20ta klub futbolchi olishga sotuvdan tushgan mablag‘ga nisbatan shuncha ko‘p ajratdi. E’tiborga olish kerak, ichki transferlar hisob-kitobda alohida o‘ringa ega - bunday savdolar ham xarid, ham sotuv «baza»siga qo‘shilgan. Misol uchun, Romelu Lukaku transferi «MYU» balansiga xarajat, «Everton»nikiga esa tushum sifatida kiritilgan.  

Oldinlari qanday edi? Ilk mavsumga doir aniq ma’lumotlar yo‘q, ammo keyingi 25tasining har birida transferlar balansi minus ko‘rinishini olgan. Boz ustiga, shuncha yil davomida tushum va xarajat o‘rtasidagi farqi 8 milliondan 700-780 «limon»ga ko‘tarildi.

Bu boradagi balans minus milliard yevroga yetishi ham hech gap emas, agarda qaysidir klub biror futbolchini Neymarga belgilangan narxda sotib olishga jazm etsa. Umumiy hisobda aytsak, oxirgi 10 yilda APLning jami transferlar balansi minus 4 milliard 661 million yevroni tashkil etdi.

Shuni inobatga olib aytsak, Venger qayerda ishlayotganini unutib qo‘ygan ko‘rinadi. Deylik, 5 yil davomida bir necha yuz million funt yoki yevro sarflagan murabbiylar ham ba’zan raqobatchilar yanada ko‘proq xarajat qilishayotganini aytishadiyu, bitta muhim jihatga e’tiborsiz qarashadi.

Axir ayni payt munosib ijrochining bahosi  chamasi 50 million yevroga teng. Misol uchun, «Arsenal» Mesut Ozil uchun shuncha to‘lagan. Ikkinchi tomondan, qaysidir klub shu futbolchini arzonroqqa sotib olishi ham mumkin. Faqat sabr qilishi va amaldagi shartnomasi oxiriga yaqinlashishini kutishi kerak. Ammo raqobatchilar jim qarab turishmaydi-da...

Umuman, futbolchining «aniq» narxini chiqarish uchun muayyan formula yo‘qligini ham unutmaylik. Shunday ekan, «Liverpul», «Tottenxem», «Arsenal» yoki boshqasini muayyan transferga ko‘p sarflagani uchun ayblash o‘rinli emasdek.

Ha, «Liverpul» Nobil Keyta transferi yo‘lida «RB Leypsig» klubiga 54 mln. yevro to‘ladi. Tabiiyki, bu kichik summa emas. Lekin «qizillar» necha yildirki, nisbatan ko‘proq sarflashga odatlanib qolishdi - bu APL talabi. Albatta, qaysidir klub oligarx yoki shayx ixtiyoriga o‘tsa, transferlar dinamikasi o‘z-o‘zidan o‘sadi.

Xususan, «Chelsi» Roman Abramovichning ilk davrida eng ko‘p xarajat qilgan klub bo‘lgandi. Ha, «Manchester Siti»ning oxirgi yillarda yangi futbolchilar yo‘lida juda ko‘p sarflayotgani ayni haqiqat. Biroq AQSH korporasiyasiga tegishli «MYU»ning xarajati ham kam emas-ku.

- «MYU» - APLning oxirgi yillardagi asosiy «pul qopchasi». Har holda, bu klub transferlarga o‘rtacha hisobda «Manchester Siti»ga nisbatan ko‘proq sarflagan. Aniqrog‘i, bitta xaridga 8 million yevrodan ko‘proq ajratgan;

- Manchester klublari oxirgi 5 yilda qolganlardan sezilarli darajada ko‘p sarflab, bu borada o‘zaro «raqobatlashmoqda»;

- Bitta transfer uchun ketgan o‘rtacha summaga qarasak, «Arsenal» hattoki, DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:43, 14.01.2018.
O'qildi: 3683 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.