Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Andijon» nazorat uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Andijon» nazorat uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga o‘z qarorgohida tayyorgarlik olib borayotgan “Andijon” bugun ikkinchi bosqich yig‘inidagi dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. 

Sparring raqibimiz “Navbahor” yoshlar jamoasi bo‘ldi. Andijon shahar, Sho‘rbuloq dahasida joylashgan “FIMI” sun’iy maydonida kechgan bahs ikkalda jamoa murabbiylari uchun ham haqiqiy sinov bo‘ldi deyish mumkin. Boisi o‘yinning har bir taymi 60 daqiqadan iborat bo‘lib, murabbiylar ixtiyoridagi har bir futbolchiga bir taymdar o‘ynash imkonini berdi va bu orqali ular ko‘rikda bo‘lib turgan o‘yinchilarning imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi. 

Uchrashuvning birinchi bo‘limi andijonliklarning benefisiga aylanib ketdi. Avvaliga Mirshohid Olimov boshi bilan darvoza to‘rini aniq nishonga olib hisobni ochdi. Ushbu markaziy himoyachi bungacha “NBU-Osiyo” jamoasida o‘ynab kelayotganini aytib o‘tish lozim. 

Ikkinchi gol ham o‘zini uzoq vaqt kuttirib qo‘ymadi. Asli anjdijonlik bo‘lgan va o‘tgan mavsum faoliyatini qo‘shni Qirg‘iziston chempionatida o‘tkazgan Alisher To‘xtasinov darvozaga zarba berishga noqulay tarzda turgan bo‘lishiga qaramay, o‘ng oyoqda aniq zarba berib, ikkinchi golni kiritdi. 

Oradan biroz vaqt o‘tgach, To‘xtasinov o‘z dublini rasmiylashtirdi. Bu safar u raqib posbonini boshi bilan yo‘llagan zarbasi orqali ojiz qoldirdi. 

Taym shu tariqa mezbonlarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoada ham tarkib butunlay o‘zgardi. Yangi kuchlar o‘yinni kuchaytirishga xarakat qilgan bo‘lsada, stadionga tashrif buyurgan muxlislar bitta golga guvoh bo‘ldi xolos. “Yangiyer” jamoasidan taklif etilgan iqtidorli hujumchi Uyg‘un Bobonazarov kuchli va aniq zarbasi bilan darvozani ishg‘ol etib, o‘yinda yakuniy nuqtani qo‘ydi. 

Shundan so‘ng darvozalar dahlsizligi saqlanib qolindi. Shu tariqa “Andijon” nazorat uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi. 

14.01.2018 yil

Nazorat uchrashuvi.

“Andijon” – “Navbahor” 4:0 (3:0).

Andijon. “FIMI” stadioni.

Hakamlar: Akmal Rahimov, Elziyod Isomiddinov, Xushnud Suyunbooyev.

“Andijon”: Ilyos Ismoilov, Shoxruh Ergashev, Abdurasul Komilov, Mirshohid Olimov, Abbos Po‘latov, Sunnat Abdullajonov, Usmonali Ismonaliyev, Jahongir Mahsudov, Maqsud Mahmudov, Alisher To‘xtasinov, Alisher Abduvohidov. 

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Zuhriddin Qahhorov, Akmal Rahmatullayev, Sirojiddin Yettiboyev, Orif Abdug‘aniyev, Ramziddin To‘xtanazarov, Mirjalol Rajabov, Uyg‘un Bobonazarov, Abdullo Abdulazizov, Ahror O‘ktamov, Ziynatillo Ikromjonov, Bunyod Jakbarov, Abdurahmon Komilov. 

Gollar: Mirshohid Olimov. Alisher To‘xtasinov. Alisher To‘xtasinov. Uyg‘un Bobonazarov. 

“Burgutlar”ning Andijondagi o‘quv-yig‘ini davom etadi. 

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:11, 14.01.2018.
O'qildi: 2760 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.