Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Cuper liga translyasiyalariga tayyormisiz?

Cuper liga translyasiyalariga tayyormisiz?

Baho:
+ | -

O‘zbek futbolida shu vaqtga qadar muammolar ko‘p bo‘lgan. Ular orasida eng dolzarblaridan biri translyasiya masalasi ekani sir emas.

Buni hammamiz yaxshi bilamiz. Afsuski, oliy liganing 26 yillik tarixi davomida biror marta translyasiyadan yolchimadik. Hatto sportga ixtisoslashgan alohida kanal ochilgani ham vaziyatni o‘nglay olmadi. Xo‘p, ayb kimda?

O‘xshasa, o‘xshamasa, hamma o‘yinlarni bir chetdan olib ko‘rsatavermagan Sport TV aybdormi yoki ishi faqat badal puli yig‘ish bo‘lib qolgan, 10 yillik faoliyati davomida biror marta chempionlik tantanasini tayinli tashkil eta olmagan PFLmi?

Balki kelishuvchilik balosiga mubtalo bo‘lgan va «pul yuvish» manbai bo‘lib qolgan klublar aybdordir? Yoki shularning barchasi birgalikda o‘zbek futboli o‘z qobig‘iga o‘ralashib qolishiga sabab bo‘ldimi?

BOZOR

Xalqimizda «Otang - bozor, onang - bozor», degan gap bor. Bu aqida futbolda ham amal qiladi. Professionallikka daxldor neki bo‘lsa, albatta, bozor munosabatlariga asoslanishi kerak. Masalan, hozir Yevropaning manaman degan o‘yinlari tush vaqtida o‘tmoqda. Nima uchun?

Chunki ularga Xitoy kompaniyalari reklama bermoqda, demakki, o‘yin vaqtini Chin o‘lkasiga mo‘ljallab belgilash shart. Aks holda, klublar mo‘maygina daromaddan qolib ketishadi. Talab bor ekanmi, taklif ham shunga monand bo‘ladi.

Afsuski, bu borada O‘zbekiston chempionatini juda xaridorgir, deb ayta olmaymiz. Zerikarli, ko‘p hollarda kelishilgan va hakamlarning turli-tuman «xato»lariga boy o‘tadigan o‘yinlar allaqachon o‘z ta’sirini o‘tkazib bo‘ldi - stadionlardagi bo‘m-bo‘sh tribunalar bunga isbot.

Ba’zi arenalarda hali biror marta muxlis o‘tirmagan o‘rindiqlar bor. Birovga aytishga ham uyalasan. Endi bir o‘ylab ko‘ring, bu uchrashuvlarning translyasiyasi kimga kerak?

Haytovur, baxtimizga bir vaqtlari Sport TV tashkil etilgan ekan, baholiqudrat o‘yinlarni olib ko‘rsatyapti. Ammo bu translyasiyalarni yetarli, deb bo‘lmaydi. Bori ham asosan poytaxt chegarasidan chetga chiqmaydi. Nima uchun?

Hamma gap shundaki, chempionat o‘yinlarini efirga uzatish ancha sermashaqqat va serxarajat yumush hisoblanadi. Ko‘chma telestansiya xizmatidan foydalaniladi, 15-20 kishilik jamoaga gonorar tayinlanadi.

Ammo daromad shunga yarasha bo‘lmasa, nima qilish kerak? Yaxshi bilasiz, televideniyening asosiy daromadi reklamadan bo‘ladi. Ammo huvillab yotgan stadionlarda o‘tkazilgan zerikarli o‘yinga reklama beraman, deb kimning ko‘zi uchib turibdi? Bu yog‘ini ham o‘ylash kerak emasmi?

BORIMIZ SHU(MI?)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:21, 17.01.2018.
O'qildi: 8093 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.