Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/10 00:45 Fiorentina 2-2 Atalanta
30/10 18:30 Qo‘qon-1912 0-0 Qizilqum
30/10 18:30 So‘g‘diyona 1-1 Buxoro
30/10 18:30 Xorazm 0-1 Paxtakor
31/10 01:00 Vilyarreal 0-1 Espanyol
31/10 17:00 Surxon - Nasaf
31/10 17:00 Mash’al - Dinamo
31/10 17:30 Chelsi - Man. Yunayted
31/10 18:00 Levante - Atletiko
31/10 19:00 Navbahor - Andijon
31/10 19:00 Bolonya - Monsa
31/10 20:00 Bornmut - Lids
31/10 20:00 Brentford - Nottingem Forest
31/10 20:00 Koventri Siti - Sanderlend
31/10 20:00 Xall Siti - Ipsvich
31/10 20:00 Manchester Siti - Brayton
31/10 20:15 Rayo Valyekano - Selta
31/10 22:00 Udineze - Roma
31/10 22:30 Betis - Malaga
31/10 22:30 Tottenhem - Kristal Pelas
01/11 00:45 Milan - Inter
01/11 01:00 Barselona - Alaves
01/11 01:00 Aston Villa - Fulhem
01/11 16:00 Lokomotiv - OKMK
01/11 16:30 Komo - Venetsiya
01/11 18:00 Xetafe - Sevilya
01/11 19:00 Frozinone - Torino
01/11 19:00 Lasio - Kalyari
01/11 20:15 Rasing - Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul - Arsenal
01/11 22:00 Lechche - Jenoa
01/11 22:30 Elche - Valensiya

Ronalduning opasi unga ochiq xat yozdi

Ronalduning opasi unga ochiq xat yozdi

Baho:
+ | -

"Real" klubi va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Kati Aveyru futbolchini qo‘llab-quvvatlagan holda unga ochiq xat bitdi.

"Senga aytmoqchi bo‘lganim, shular, Krishtianu.

Sen ko‘zlari yoshga va orzularga to‘la 12 yoshingda Lissabonga kelganingda, ular seni Madeyradan kelgan navbatdagi oddiy bola deb o‘yladilar. Besh yildan kamroq vaqt ichida "Sporting" jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylanding.

Sen asosiy tarkibda birinchi o‘yinlaringni o‘tkazganingda, ular seni navbatdagi o‘zini o‘ylaydigan texnik deb o‘yladilar. Bir necha oydan so‘ng "Manchester Yunayted"ga yo‘l olding.

Angliyaga o‘tganingda, ular seni bor-yo‘g‘i istiqbolli o‘yinchi deb o‘yladilar. Olti mavsumda 118ta gol urding.

Seni "Real" sotib olganida, ular seni futbolka sotishda foydalanish uchun nom deb atadilar. 2009 yildan boshlab 418 ta o‘yinda 422 ta gol urding va klubning deyarli barcha rekordlarini o‘rnatding.

2008 yilda birinchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganingda, ular "shu bilan bo‘ldi" dedilar. Ammo sen yana to‘rt marta yutding.

Portugaliya termasi sardori bo‘lganingda, ular seni navbatdagi xarizmasiz va yetakchilik ruhi yo‘q oddiy sardor deb atadilar. 2016 yilda Yevropa chempionati kubogini boshi uzra ko‘targan birinchi portugaliyalik bo‘lding.

Hozir esa, o‘zga sayyoralik kabi ikki-uch o‘yinda gol urolmasang, ular seni faoliyatini yakunlashga yaqin qolgan navbatdagi o‘yinchi deb atamoqdalar. Tashvishlanma. Eyfel minorasida sovriningni qo‘lda tutib, jilmaysang, yoki navbatdagi hal qiluvchi golni ursang, yoki navbatdagi rekordni o‘rnatsang, ularning diqqatini jalb qilasan, va albatta qarsak chalishga majbur qilasan.

Bechora odamlar. Ularda bori shu", - deb yozadi Kati Instagramda.

Manba: sport-express.ru
Kiritildi: 15:49, 17.01.2018.
O'qildi: 17730 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик