Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Dinamo» o‘rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Dinamo» o‘rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini Samarqandda o‘tkazayotgan «Dinamo» jamoasi dastlabki nazorat uchrashuvini Samarqandning yana bir klubi «Sherdor»ga qarshi o‘tkazdi.

Charxin qo‘rg‘onidagi «Dinamo» futbol maktabiga tegishli maydonda o‘tgan nazorat bahsida «Dinamo» jamoasi yirik 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Shu kuni «Dinamo» safida murabbiylar bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazishdi.

O‘yinni hujumkor boshlagan vakillarimiz 12-daqiqada hisobni ochishdi. Ilhom Yunusov tomonidan yetkazib berilgan chiroyli «pas»ni Amirjon Safarov kuchli zarbasi bilan golga aylantirdi, 1:0.

25-daqiqada esa Jasur Azimov boshlagan hujumdan keyin Jasur Qurbonov jarima maydonida raqib darvozaboni yakkama-yakka holatga chiqib borayotganida «Sherdor» himoyachisi Saddam Boymatov tomonidan to‘xtatib qolindi. Belgilangan 11 metrlik jarima to‘pini Komil Sharofutdinov bexato amalga oshirdi, 2:0.

35-daqiqada esa burchakdan yetkazib berilgan to‘pni Jasur Qurbonov bosh bilan «Sherdor» darvozasiga kiritib, hisobni 3:0 ga yetkazdi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar ancha hujumkor o‘yin namoyish etishdi. 55-daqiqada Hakimxon A’lamxonov jarima maydonida «Sherdor» hujumchisi Muhammad Rajabovga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun penalti belgilandi. Zarbani jabrlanuvchining o‘zi bergan bo‘lsada, «Dinamo» posboni Rustam Toshturdiyev ajoyib «seyvi» evaziga 11 metrlik zarbani qaytarib qoldi.

Shuningdek, «Sherdor» safidagi Islom Sharipov, Abdullo Nabiyevlarda ham hisobni qisqartirish uchun imkoniyatlar bo‘lgandi, ammo o‘yindagi hisob o‘zgarmadi.

Qayd etish joiz, o‘z oldiga 2018 yilda Pro-Ligada ishtirok etishni maqsad qilgan «Sherdor» klubi o‘tgan haftada Samarqandda Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 2:2 hisobini qayd etgandi.

«Dinamo»ning Samarqanddagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.

17 yanvar (chorshanba)

Samarqand. «Dinamo» FM stadioni.

«DINAMO» - «SHERDOR» - 3:0 (3:0)

Bosh hakam: Sherzod Qamarov (Samarqand)

Gollar: Amirjon Safarov 12, Komil Sharofutdinov 25, Jasur Qurbonov 36.

«Dinamo»: Rustam Toshturdiyev, Bunyod Isroilov, Hakimxon A’lamxonov, Mirkomil Lokayev, Temur Fayzullayev, Akmal Bozorov, Ilhom Yunusov, Jasur Azimov, Komil Sharofutdinov, Jasur Qurbonov, Amirjon Safarov.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushganlar: Shamsiddin Sa’dullayev, Jasur Ashurov, Shahzod Saidov, Asad Tolipov, Mehroj Xudoyberdiyev, Orzumurod Ahmedov, Damir Temurov, Asomiddin Mamatov, Ramish Bobomirzayev.

«Sherdor»: Shuhrat Muxtorov, Saddam Boymatov, Sherbek Shukurov, Akbar Siddiqov, Otabek Xamroqulov, Farhod Safarov, Mirjalol Lokayev, Farzin Muxtorov, Nurbek Olmosov, Islom Sharipov, Muhammad Rajabov.

Amalga oshirilmagan penalti: Muhammad Rajabov («Sherdor»), 55.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 17:17, 18.01.2018.
O'qildi: 3563 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.