Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/06 18:00 Ruminiya 3-0 Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik 0-1 OKMK
17/06 21:00 Belgiya 0-1 Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya 0-1 Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

"Arsenal"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan 7 futbolchi

"Arsenal"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan 7 futbolchi

Baho:
+ | -

"Arsenal" yetakchisi Aleksis Sanches "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi tobora oydinlashmoqda. Shu bois biz "kanonir"dan "qizil iblis"ga aylangan  futbolchilarni esga olishni lozim deb topdik.

1. David Gerd
Gerd 1954-1961 yillar mobaynida "Arsenal" tarkibida 180 o‘yinda maydonga tushib 107 ta gol urdi. David 1961 yili Londonni Manchesterga almashtirdi. Shotlandiyalik hujumchi "qizil iblislar" libosida 7 mavsum davomida 265 uchrashuvda 145 ta golga mualliflik qildi. U "Arsenal"dan "MYU"ga o‘tgan ilk futbolchi sifatida tarixdan joy olgan edi.

2. Iyan Ure
Iyan 1963 yilda "Arsenal" jamoasi libosini kiyadi. Shotland yarim himoyachisi 6 mavsum davomida chempionatda 168 bellashuvda 2 ta gol urdi. 1969 yili Ure faoliyatini "Manchester Yunayted" jamoasida davom ettirishga qaror qildi. U Manchesterda 2 mavsumda 47 o‘yinda atigi 1 ta gol urdi.

3. Jorj Graxam
Graxam 1966-1972 yillar davomida London klubi tarkibida 227 uchrashuvda 60 ta golga mualliflik qildi. U jamoa bilan 2 marta mamlakat chempioni bo‘lib, shuncha marta Liga kubogida zafar quchdi. Shuningdek Jorj bir martadan Angliya kubogi va superkubogida hamda Yevropa kubok egalari kubogida g‘olib chiqdi. 1972 yili "MYU" libosini kiygan yarim himoyachi "Mankunianliklar" uchun 43 o‘yinda 2 ta gol urdi va jamoa bilan chempionshipga tushib ketdi.

4. Frenk Steptelon
1974-1981 yillarda "Arsenal" tarkibida 225 o‘yinda 75 ta gol urgan Steptelon, jamoa bilan faqatgina Angliya kubogida muvaffaqiyatga erishdi. Hujumchi 1981 yili "Arsenal"dan «Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tdi. "Qizil iblislar" safida 6 mavsumda 223 uchrashuvda 60 ta golga mualliflik qilgan Frenk, bu klubi bilan 2 marta kubokda va bi bora superkubokda oltin medallarga sazovor bo‘ldi.

5. Viv Anderson
Andersen 1984 yildan boshlab 3 mavsum davomida "Arsenal" jamoasida 120 bellashuvda 9 ta gol urgan edi. U ana shu davrda atigi Liga kubokda g‘olib bo‘ldi. 1987 yili Viv "Arsenal"dan "MYU"ga transfer qilingan ilk ingliz futbolchisiga aylandi. U "mankunianliklar" uchun 54 ta bahsda 3 ta gol urdi. Viv Manchester klubi bilan bir martadan Angliya kubogi va superkubogi, hamda kubok egalari kubogida muvaffaqiyatga erishdi.

Davomi>>>

Kiritildi: 12:56, 21.01.2018.
O'qildi: 6930 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.