Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Sherzod A’zamov: «Jamoadoshlarim Sneyderdan kuchliroq futbolchilarga qarshi ham o‘ynaygan»

Sherzod A’zamov: «Jamoadoshlarim Sneyderdan kuchliroq futbolchilarga qarshi ham o‘ynaygan»

Baho:
+ | -

Mamlakatimizning amaldagi bronza medali sovrindori «Paxtakor» Tur-kiyadagi yig‘in orqali OCHL «pley-off»idan o‘rin olgan uchrashuvga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «sherlar» 30 yanvar kuni Doxadagi «Tani Bin Jassim» stadionida Qatarning «Al-Garafa» klubi mehmoni bo‘lishadi.

O‘z vaqtida «Nasaf» jamoa­sidagi o‘yinlari orqali muxlislar mehrini qozongan, ayni payt «Paxtakor» libosida to‘p surayotgan himoyachi Sherzod A’zamov biz bilan suhbatda yangi mavsum taraddudi hamda 30 yanvar oqshomida o‘tkaziladigan o‘yin arafasidagi fikrlarini bayon etdi.

- Sherzod, «Paxtakor»ning Turkiyadagi yig‘ini qanday davom etyapti? Mashg‘ulotlarda yangiliklar bormi?

- Asosiy yangilik - safimizga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar bilan shug‘ullanyapmiz. Boshqa katta o‘zgarish yo‘q.

- Yangi futbolchilar jamoa o‘yiniga moslasha olishyaptimi?

- Juda tez moslashishdi. Chunki tarkibimizga qo‘shilgan o‘yinchilar yosh emas. Tajribali bo‘lishgani uchun bosh murabbiy talab qilgan narsalarni tezda o‘zlashtirib olishyapti.

- Bugun (suhbat 15 yanvar kuni uyushtirilgan, - muallif) yig‘in doirasidagi uchinchi nazorat o‘yinida Albaniyaning «Partizani» klubi mag‘lub etildi. Shu kungacha o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlari haqida nima deya olasiz?

- Jismoniy holatni tiklashga e’tibor qaratgan murabbiy o‘z g‘oyasini tushuntirishga intilyapti. Biz esa topshiriqlarni bajarishga harakat qilyapmiz. Bu o‘yinlar orqali OCHL «pley-off» uchrashuviga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

- Mashg‘ulot va nazorat o‘yinlari bilan parallel ravishda «Al-Garafa» klubini o‘rganish jarayoni ham davom etyaptimi? Qatar klubining kuchli jihatlari nimada?

- Hali bu jamoa ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rmadik. Lekin murabbiylar raqibni o‘rganib chiqishmoqda. Mashg‘ulot jarayonida «Al-Garafa»ning kuchli va aksincha, zaif tomonlari bo‘yicha ishlayapmiz.

- Jamoa tarkibiga Uesli Sneyder kelib qo‘shidi. Bu «Al-Garafa»ning sezilarli darajada kuchayishiga sabab bo‘ladimi? Mazkur transfer sizlarni xavotirga solmayaptimi?

- Yo‘q, bundan tashvishlanayotganimiz yo‘q. Chunki, «Paxtakor» futbolchilari Sneyderdan ko‘ra kuchliroq o‘yinchilarga qarshi maydonga tushishgan. Jamoada bir-ikki futbolchi ko‘p narsani hal qilmaydi. Maydonda har ikki klub tarkibida ham 11 nafardan futbolchi o‘ynaydi. Bir kishiga e’tibor bersak, qolganlar xavf tug‘diradi. Shu sababdan ham butun jamoani inobatga olishimiz kerak.

- «Pley-off»ning yagona o‘yindan iborat ekani, bu uchrashuvning Qatarda o‘tkazilishi «Paxtakor»ning imkoniyatlarini biroz chegaralamaydimi?

- Hozir vaziyat shunday, ya’ni ortga yo‘l yo‘q. Biz o‘yinga tayyormiz, qolganini vaqt ko‘rsatadi. Maydonga g‘alaba ilinjida tushamiz va so‘nggi daqiqalargacha kurash olib boramiz.

- «Paxtakor» ikkinchi «Nasaf»ga aylanib ulgurdi, hisobi. Sobiq jamoadoshlaringiz yangi muhitga moslashishda muammo sezishmayaptimi?

- Men «Paxtakor» ikkinchi «Nasaf»­ga aylandi, deb o‘ylamayman. Katta futbolda toblangan futbolchilar muammoga duch kelishmaydi. Haqiqiy professional maydon tanlamasligi kerak.

- Jamoa safiga kelib qo‘shilganingizga yarim yildan oshdi. Ortga nazar tashlab, xulosalaringiz qanday bo‘lyapti?

- «Paxtakor»ga o‘tish men uchun katta sinov edi. O‘zimni yangi jamoada sinab ko‘rishni maqsad qilgandim va o‘sha paytda qabul qilgan qarorimdan afsuslanmayman. «Paxtakor» - o‘zbek futboli tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk jamoa.

- Bu yilgi kuchli raqobatga ham tayyormisiz?

- Istalgan sport turini oling, u raqobatdan xoli emas. Raqobat bo‘lmasa, hech bir sportchi, shu jumladan, futbolchi ham o‘sishga erishmaydi.

- «Nasaf» bu yo‘qotishlardan keyin kuchsizlandi, deb hisoblaysizmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:09, 22.01.2018.
O'qildi: 4714 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.