Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

«Barselona» sotib olgan Yerri Mina kim o‘zi u?

«Barselona» sotib olgan Yerri Mina kim o‘zi u?

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi bugun kolumbiyalik himoyachi Yerri Minani sotib olganini rasman e’lon qildi. Xo‘sh Mina kim o‘zi u? U haqda nimalarni bilishimiz kerak? Quyida bu savolga javob izlaymiz.

To‘liq ismi-sharifi Yerri Fernando Mina Gonsales bo‘lgan himoyachi 1994 yilning 23 sentyabr sanasida Kolumbiyada tavallud topgan.

Mina dastavval darvozabon bo‘lgan. Biroq bunday bo‘y bilan darvozabon bo‘lish shunchaki "jalko" edi. Bo‘yi 195 sm bo‘lgan futbolchi keyinchalik himoyachi ampluasiga o‘tdi va 2013 yilning 20 mart kuni Kolumbiyaning "Deportivo Pasto" jamoasi safida "Depor" klubiga qarshi o‘yinda o‘z debyutini o‘tkazdi. O‘sha mavsumda 19 yoshli futbolchi 24 uchrashuvda bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

2014 yili 20 yoshli himoyachini "Independyente Santa-Fe" jamoasi o‘z safiga qo‘shib oldi. Uch mavsum davomida markaziy himoyachi 124 o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Bu jamoa bilan u Janubiy Amerika kubogi, Kolumbiya chempioni va Kolumbiya superkubogini qo‘lga kiritdi.

Bunday iqtidor egasi uzoq vaqt Kolumbiyada qolib ketmasligi aniq edi. 2016 yilda Braziliyaning "Palmeyras" jamoasi himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Ikki yil davomida Yerri 49 o‘yinda 9 ta gol urib, 2016 yilda Braziliya chempioni bo‘ldi.

Minaning Braziliyada ham uzoq vaqt qolmasligi aniq bo‘ldi. 2018 yilning dastlabki kunlarida "Barselona" futbolchiga "sovchi" yubordi va unga 11,8 mln.evro "qalin puli" to‘lab, o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

E’tiborga molik jihati u "Barselona"da maydonga tushgan birinchi Kolumbiyalik futbolchiga aylanishi mumkin. Shu paytgacha Ispaniya chempionatida 10 nafar kolumbiyalik to‘p surgan bo‘lsa, "Barsa"da ularning hech biri maydonga tushmagan edi.

Davomi>>>

Kiritildi: 15:51, 23.01.2018.
O'qildi: 5896 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.