Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

O‘FF prezidenti: «Samvel Babayanning hujjatlari prokuraturaga topshirilgan»

O‘FF prezidenti: «Samvel Babayanning hujjatlari prokuraturaga topshirilgan»

Baho:
+ | -

«Xalq so‘zi online» internet nashri muxbiri O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovdan intervyu oldi. O‘FF prezidenti O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayanning ishdan ketishiga izoh berdi.

— Avvalo, shuni ta’kidlab o‘tishni xohlardimki, Samvel Babayanning futboldan chetlatilishi, ushbu sohada turli qing‘irliklar bilan shug‘ullangan, faqat o‘z manfaatini o‘ylab, futbol orqasidan kun ko‘rib kelayotgan ayrim shaxslarga ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib xizmat qilishi lozim. Babayanning «Paxtakor» klubi boshqaruvida va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida amalga oshirgan turli qing‘irliklari bizga ma’lum. Biz o‘z vakolatimiz doirasida, o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston futbol federasiyasi ustavidan kelib chiqib, uni futbol faoliyati bilan shug‘ullanishdan bir umrga chetlashtirdik. Shu bilan birgalikda, uning hujjatlari va materiallarini prokuraturaga topshirdik. Babayan ishi bilan bundan buyog‘iga prokuratura xodimlari shug‘ullanishadi va uning aybi to‘liq isbotlansa, qonun oldida, albatta, javob beradi, — deydi U.Ahmadjonov.

O‘FF prezidentining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarga kelib, O‘zbekistonda futbol tizimi butunlay izdan chiqib ketgan. Murabbiy va hakamlardan tashqari «futbol atrofidagi shaxslar» paydo bo‘lgan. Garchand sohaga hech qanday aloqasi bo‘lmasa-da, mas’ul rahbarlarning e’tiborsizligidan foydalanib, vositachilik bilan shug‘ullangan. Ular asosan jamoalar o‘rtasida kelishilgan o‘yinlarni tashkil etishda, kerakli natijaga erishish uchun hakamlar bilan kelishishda, futbolchilarning boshqa klubga transfer qilinishida, yosh futbolchilarning yoshini sun’iy ravishda kichraytirishda «jonbozlik» ko‘rsatishgan.

— Bizda «futbol atrofidagi shaxslar»ning bir nechtasi haqida ham ma’lumot bor. Futbolimizni ana shunday illatlardan tozalamas ekanmiz, jahon chempionatiga chiqish bizga armon bo‘lib qolaveradi, — deya qo‘shimcha qildi u.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 18:28, 24.01.2018.
O'qildi: 14803 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик