Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Marat Bikmayevdan Messigacha - 2017 yil merganlari

Marat Bikmayevdan Messigacha - 2017 yil merganlari

Baho:
+ | -

Garri Keyn to‘purarlik bobida Messi va Ronalduni ortda qoldirib, 2017 yilning eng yaxshi goleadori unvoniga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, u APLning ikki rekordini yangilashga ulgurdi. E’tiboringizga milliy chempionatlarda sermahsullik bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga erishgan mohir merganlarni havola etamiz.

Emiliano Tade, 19ta gol

Quyida zikr etilajak futbolchilarning ko‘pchiligi, jumladan, Yangi Zelandiya vakili sizu-bizga tanish emas. Chunki milliy chempionatda «Oklend» sharafini himoya qilmoqda. 29 yoshli argentinalik hujumchi musobaqaning 15ta uchrashuvida 19ta gol urdi.

Aytgancha, «Oklend» so‘nggi yetti mavsumda Okeaniya CHLda g‘oliblikni qo‘ldan boy bermayapti. Tade esa jamoaning asosiy hujumchisi sifatida har yili klublar o‘rtasidagi JCHda maydonga tushmoqda.

Muhammad Gaddar, 23ta gol

Livan terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarni unutmagan bo‘lsangiz kerak. «Gamburg», «Frayburg» va «Kyoln»ning sobiq a’zosi Roda Antenn terma jamoaga 20ta gol taqdim etgandi. 33 yoshli Gaddar esa milliy jamoa safida 19ta gol urgan. U Yevropada o‘ynagan emas, lekin Olimpiya terma jamoasi safida Livan uchun Braziliya darvozasini ishg‘ol etgan.

Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi (2:2) jangovar durang bilan yakun topgandi. 2017 yilni Malayziyada o‘tkazgan faxriy hujumchi «Kelantan» va «Joxor» jamoalari sharafini himoya qilib, 20ta uchrashuvda 23ta gol muallifiga aylandi.

Ali Mabhut, 23ta gol

Bu hujumchi avgust oyida o‘zining aniq zarbasi bilan JCH-2018 saralashida BAA terma jamoasining Sau­diya ustidan g‘alaba (2:1) qozonishiga hissa qo‘shgandi. Umuman, Ali milliy jamoa tarixidagi uchinchi to‘purar.

Uning hisobida 42ta gol bor. 2016|2017 yillar mavsumida Mabhut «Al-Jazira» klubi bilan ichki chempionat g‘olibiga aylandi. Shuningdek, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. 2017 yil u BAA birinchiligida 21 marta maydonga tushib, 23ta gol urgan.

Sandro, 24ta gol

30 yoshli braziliyalik hujumchi bundan 10 yil avval vatanini tark etib, Gonkongga yo‘l olgandi. Shu davr ichida Gonkong terma jamoasi hujumchisiga aylandi.

2016|2017 yillar mavsumida «Kitchi» klubi bilan shohsupaga ko‘tarilgan Sandro hozirda to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda. To‘g‘ri, Gonkongda muhojirlar juda ko‘p. Lekin 18ta o‘yinda 24ta gol urish hammaning qo‘lidan kelavermaydi.

Stipe Plazibat, 25ta gol

«Xayduk» tarbiyalanuvchisining eng yorqin damlari Makedoniyaning «Rabotnichki» klubida o‘tgan bo‘lsada, mahsuldorlik juda past bo‘ldi. Xullas, Yevropada o‘z o‘rnini topolmagan hujumchi Singapurga yo‘l oldi. 2017 yilni «Xoum Yunayted» tarkibida o‘tkazib, 22 uchrashuvda 25 marta raqiblar darvozasini zabt etdi. Navbatdagi bekat - Tailand.

Marat Bikmayev, 26ta gol

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:20, 26.01.2018.
O'qildi: 6069 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.