Madridning “Real” klubi rahbariyati yozgi transferlar uchun 300 mln yevro ajratadi. Bu haqda “Marca” nashri xabar tarqatdi.
Gazetada yozilishicha, “qirollik klubi” yozda yulduz futbolchilarini xarid qiladi. Asosiy mo‘ljal — Neymar. Shuningdek, “Real” bir qancha futbolchilari bilan ham xayrlashadi, xususan, Ronaldu ham sotilishi mumkin.