Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov OCHL saralashi doirasida Qatarning “Al Garafa” klubiga qarshi muhim uchrashuvdan oldin fikrlarini bildirdi.
“Osiyo chempionlar ligasining saralashi bir o‘yindan iborat. Oldin “Al Garafa” klubiga qarshi maydonga tushmaganman.
Jamoadoshlarim yaxshi jismoniy holatdalar. G‘alaba uchun harakat qilamiz”, - deydi Masharipov.