Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Andrey Sidorov: «Hujumchi sifatida fikru yodim hamisha raqib darvozasini ishg‘ol qilishga qaratilgan, maydondagi boshqa o‘yinchilardan farqimiz ham — shu»

Andrey Sidorov: «Hujumchi sifatida fikru yodim hamisha raqib darvozasini ishg‘ol qilishga qaratilgan, maydondagi boshqa o‘yinchilardan farqimiz ham — shu»

Baho:
+ | -

Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan poytaxtimizga yetib kelishdi. «Xabar.uz» muxbiri Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi hujumchisi — finalda Vyetnam olimpiyachilari darvozasiga hal qiluvchi golni urgan Andrey Sidorovdan ekslyuziv intervyu oldi.

— Men uchrashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda maydonga tushgan bo‘lsam-da, ich-ichimdan gol urishimni his qilayotgan edim. Hozir bu gaplarim odamlarga balandparvoz so‘zdek tuyulishi mumkin, ammo men hujumchi sifatida fikru yodim hamisha raqib darvozasini ishg‘ol qilishga qaratilgan. Bizga shunday o‘rgatishgan, maydondagi boshqa o‘yinchilardan farqimiz ham — shu.

Ammo maydonda doim ham hujumchilar gol uravermaydi, uchrashuv qahramoni istalgan ampulada o‘ynovchi futbolchi bo‘lishi mumkin. Finalda bu menga nasib etganidan, yurtdoshlarimiz orziqib kutilgan g‘alabaga hissamni qo‘sha olganimdan benihoya xursandman. O‘yindan so‘ng darhol uyimdagilarga qo‘ng‘iroq qildim. Ular ham o‘zlarida yo‘q shod edilar.

Fursatdan foydalanib, menga ishonch bildirib, final uchrashuvida maydonga tushirgan murabbiyimga minnatdorchilik bildiraman. Uning, O‘zbekistonimning, millionlab muxlislarimizning ishonchini oqlay olganidan baxtiyorman.

Kezi kelganda yarim tun, qahraton qish, izillagan sovuq bo‘lishiga qaramay bizni kutib olishga chiqqan davlat va hukumat rahbarlariga, futbol muxlislariga rahmat deyman!

Muxbirimizning «Kelgusi rejalaringiz qanday?», degan savoliga: «Hozircha bu haqda o‘ylamayapman», deb javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi vyetnamliklarni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. E’tiborlisi, o‘yinning 118-daqiqasida maydonga tushgan Andrey Sidorov 120-daqiqada burchakdan yo‘llangan zarbani Vyetnam darvozasiga aniq yo‘llashning uddasidan chiqdi.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 09:57, 29.01.2018.
O'qildi: 4898 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.