Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Prevyu. “Nasaf” va “Paxtakor” bugun OCHL-2018 pley-off bahslarini o‘tkazishadi

Prevyu. “Nasaf” va “Paxtakor” bugun OCHL-2018 pley-off bahslarini o‘tkazishadi

Baho:
+ | -

Bugun Osiyoning 8ta shahrida qit’a chempionlar ligasining yangi mavsumi pley-off bahslari bo‘lib o‘tadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, bugun o‘tkaziladigan uchrashuvlarning 2tasida O‘zbekiston klublari ham ishtirok etishadi.

O‘zbekiston vise-chempioni – Qarshining “Nasaf” klubi o‘z uyida Iordaniyaning “Al Faysali” jamoasini qabul qiladi. Yana bir jamoamiz – “Paxtakor” esa Qatarda “Al G‘arafa” klubi mehmoni bo‘ladi. Mazkur ikki o‘yinda g‘olib chiqadigan jamoalar 2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishadi.

Ta’kidlash joizki, “Nasaf” ushbu raqibi bilan oldin ham tuqnash kelgan. O‘shanda yana bir nufuzli musobaqa – OFK kubogi-2011ning nimchorak finalida yo‘llari kesishgan jamoalar bahsida ammanliklar Qarshida 2:1 hisobida mag‘lub etilgandi. “Nasaf” bu gal ham Iordaniya jamoasidan ustun ekanini isbotlashga urinib ko‘radi.

Bugungi bellashuvni qarshiliklar ko‘k rangli liboslarda, mehmonlar esa oq-qora rangdagi liboslarda o‘tkazishadi. Uchrashuvni yaponiyalik FIFA hakami Xiryuki Kimura boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ochi Shinji va Takagi Takumilar yordam berishadi.

 

OCHL-2018. Pley-off uchrashuvi

“Nasaf” (Uzbekiston) – “Al Faysali” (Iordaniya)

30.01.2018. Qarshi sh., “Markaziy” stadion. 16:00da

Bosh hakam: Xiryuki Kimura (YAponiya)

Qanot hakamlari: Ochi Shinji, Takagi Takumi (ikkalasi ham Yaponiyadan)

Zaxira hakami: Nasrullo Kabirov (Tojikiston)

Nazoratchi: Ali Hamad Badaviy (BAA)

Uchrashuv komissari: Dorji Mindu (Butan)

 

“Paxtakor” esa “Al G‘arafa”ga qarshi o‘yinda sariq liboslarda, mezbonlar bo‘lsa oq liboslarda maydonga tushadi. O‘yinda iroqlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Mohannad Qosim Isi Sarray mazkur uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlaydigan bo‘ldi.

 

OCHL-2018. Pley-off uchrashuvi

“Al G‘arafa” (Qatar) - “Paxtakor” (O‘zbekiston)

30.01.2018. Doha sh., 22:00da

Bosh hakam: Mohannad Qosim Isi Sarray (Iroq)

Qanot hakamlari: Muayad Muhammad Ali, Vaziq Obayd Svaydi (Iroq)

Zaxira hakami: Zaid Tamir Muhammad (Iroq).

Nazoratchi: Omar Musa Xalaf Lum (Iordaniya).

Uchrashuv komissari: Sivakumar (Singapur).

 

Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinoldi matbuot anjumanlarida har ikki o‘zbek klubi bosh murabbiylari ham bugungi o‘yinlarda faqat g‘alabaga umid qilishayotganini ta’kidlab o‘tishdi:

- Ushbu o‘yinni, mavsum boshidagi o‘yin bo‘lganligi uchun ham finalga tenglashtirgan bo‘lar edim. Biz nasib etsa guruh bosqichiga chiqish masalasini hal qilamiz. Buni juda hohlaymiz. O‘yin kuni hamma futbol ishqibozlarining e’tibori bizga qaratiladi. Bu bizdan katta ma’suliyat talab qiladi. Bu ma’suliyatni hammamiz his qilib turibmiz. Yangi futbol mavsumini g‘alaba bilan boshlash ishtiyoqidamiz, - dedi “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev.

- Bu bir bellashuvdan iborat to‘qnashuvdir. Ikkinchi imkoniyat berilmaydi. Maqsadimiz g‘alaba qozonish va bunga bor kuchimiz bilan intilamiz. Futbolda har qanday holat sodir bo‘lishi mumkin. Raqibimiz o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. Bu biz uchun mavsumdagi birinchi rasmiy uchrashuvga aylanadi. Bahsga hozirlik ko‘rish uchun tayyorgarlik jarayonini o‘tkazdik. Rasmiy o‘yinlar amaliyoti borligi "G‘arafa"ga kichik ustunlik berar, ammo biz mavsumni yangi kuch hamda g‘alaba bilan boshlash yo‘lida borimizni beramiz, - deya fikr bildirdi “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze.

Umid qilamizki, har ikki klubimiz ham bugun o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga ajoyib g‘alabalar taqdim etishadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 12:01, 30.01.2018.
O'qildi: 4580 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.