Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

OCHL. “Nasaf” Iordaniya chempioni darvozasiga beshta gol urdi

OCHL. “Nasaf” Iordaniya chempioni darvozasiga beshta gol urdi

Baho:
+ | -

Bugun, 30 yanvar kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionida “Nasaf” Osiyo chempionlar ligasi saralash pley-off bosqichi doirasida Iordaniyaning «Al-Faysaliy» klubini qabul qildi. Uchrashuvda qarshiliklar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Dastlab, Igor Golban 12-daqiqada Slavko Lukichning burchakdan oshirib bergan to‘pini boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Jamoalar birinchi bo‘limni shu hisobda yakunlashdi. Ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida Jasur Hasanovning burchakdan oshirib bergan to‘pini Bobir Abduxoliqov yana boshi bilan darvozaga joylab, qarshiliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, Azizjon G‘aniyev uzoq masofadan chiroyli zarba yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 60-daqiqada raqib himoyachilari Islom Kenjaboyevni jarima maydonida yiqitishdi. Hakam esa bu vaziyatda penalti belgiladi va belgilangan penaltini “Nasaf”ning 69-raqamli hujumchisi Dragan Cheran to‘g‘ri amalga oshirdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Doniyor Narzullayevni tepgan to‘pini  Muhammad Yosir boshi bilan o‘z darvozasiga avtogol qayd etdi va hisob 5:0 ko‘rinishiga keldi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘ngisida mehmonlar bitta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shu tariqa “Nasaf” pley-off uchrashuvida Iordaniyani chempioni “Al Faysali”ni 5:1 hisobida dog‘da qoldirib, OCHL-2018 guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun, “Nasaf” “S” guruhida kurashni davom ettiradi. G‘alaba muborak!!!

OCHL, pley-off bosqichi.

"Nasaf" (O‘zbekiston) - "Al Faysali" (Iordaniya) 5:1

Qarshi, "Markaziy" stadion. 30.01.2018.

Gollar: Igor Golban (12), Bobur Abduxoliqov (49), Azizjon G‘aniyev (52), Dragan Cheran (61 penalti), Yosir Al Ravashdeh (86 avtogol) - Alban Meha 90+3.

Hakamlar: Xiryuki Kimura, Ochi Shinji, Takagi Takumi (hammasi Yaponiyadan), Nasrullo Kabirov (Tojikiston)

Nazoratchi: Ali Hamad Badaviy (BAA)

Uchrashuv komissari: Dorji Mindu (Butan)

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 92.Umar Eshmurodov, 14.SHarof Muhitdinov - 7.Odiljon Hamrobekov (8.Sanjar Rashidov, 80), 6.Azizjon G‘aniyev (5.G‘olib G‘aybullayev, 76) - 20.Islom Kenjaboyev, 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov (17.Doniyor Narzullayev, 70) - 10.Bobur Abduxoliqov.

"Al Faysali": 12. Abulayla Yazeed, 7. Ahmad Yusuf (10.Mahdi Alameh, 77), 11.Oday Zahran, 13.Halil Beniatiya, 17.Salem Al Ajaylin, 19.Bani Yaseen, 25.YOsir Al Ravashdeh, 30.Dominik Mendi (16.Ahmad Navaf, 84), 37.Mahmud Almardi, 77.Alban Meha, 99.Lukash Gikiyevich.

Ogohlantirishlar: Oday Zahran 36

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:47, 30.01.2018.
O'qildi: 6419 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.