Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

APL. “Tottenxem” “Manchester Yunayted”ga imkon qoldirmadi

APL. “Tottenxem” “Manchester Yunayted”ga imkon qoldirmadi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan “Tottenxem” hamda “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv yakuniga yetdi. Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etilib, maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 11-soniyada Kristian Eriksen “Manchester Yunayted” darvozasiga APLdagi eng tezkor golni urib, hisobni ochdi. So‘ngra, Jessi Lingard qarshi hujumda yuzaga kelgan qulay vaziyatni golga aylantira olmadi. Tezkor gol o‘tkazib yuborgandan so‘ng o‘ziga kela olmagan “qizil iblislar” 28-daqiqaga kelib, yana gol o‘tkazib yubordi. “Tottenxem”ning o‘ng qanotdan tashkil etgan hujumini qaytarish o‘rniga Fil Jonsi o‘z darvozasiga juda ham chiroyli avtogol yo‘lladi. Sanches debyutini o‘tkazgan o‘yinning birinchi bo‘limida hisob boshqa ochilmadi. Tanaffusda “Tottenxem”ning yangi a’zosi Lukas Moura muxlislarga tanishtirildi.

Ikkinchi bo‘lim kutilganidek, keskin kurashlar ostida boshlandi. Lukakuning chap oyog‘da bergan zarbasini Ugo Lyoris qiyinchilik bilan bartaraf etdi. O‘yinning 60-daqiqalariga qadar “Manchester Yunayted” yaxshi futbol namoyish etdi. Mourinyo 63-daqiqada Pogba va Lingardni zaxiraga oldi va ularning o‘rniga Fellayni va Mata tushirildi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, yana o‘sha Eriksenning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi xavfli ko‘rinish oldi. “Shporlar” to‘purari Xarri Keynning De Xea tomon yo‘naltirgan zarbalarining deyarli barchasi unchalik xavf tug‘dirmadi. Bundan tashqari, Son Xyon Min qulay vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi. Bu vaziyatda De Xea mahoratini ko‘rsatdi. Eng asosiysi zaxiradan maydonga tushirilgan Fellayni qisqa daqiqalarda kichik jarohat sabab, o‘rnini Ander Erreraga bo‘shatib berdi. Shundan so‘ng o‘yin har ikki jamoaning golga tortadigan vaziyatlari bilan boy bo‘ldi. Jumladan, Keyn yana De Xea darvozasiga noto‘g‘ri zarba bergan bo‘lsa, “MYU” himoyachilari negadir juda ham bo‘sh o‘yin ko‘rsatishda davom etishdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida jamoalar charchab qolishdi va yakuniy hisob boshqa o‘zgarmadi.

APL. 25-tur.

Tottenxem – Manchester Yunayted 2:0.

Gollar: 1:0 – 1 Eriksen, 2:0 – 28, avtogol Jons.

Tottenxem – Lyoris, Sanches, Devis, Trippyer, Vertongen, Eriksen, Dembele (Vanyama, 90), Dayer, Alli (Sissoko, 88), Son Xyon Min (Lamela, 80), Keyn.

Manchester Yunayted – De Xea, Jons, Smolling, Valensiya, Matich, Yang, Lingard (Fellayni, 63; Errera, 70), Pogba (Mata, 63), Sanches, Marsyal, Lukaku.

Ogohlantirishlar: Dembele (13), Jons (38), Yang (73), Alli (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:51, 01.02.2018.
O'qildi: 4529 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик