Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Desham Fransiyaning Ispaniyadan mag‘lub bo‘lish sababini aytdi

Desham Fransiyaning Ispaniyadan mag‘lub bo‘lish sababini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng o‘yin haqida fikr bildirdi.

«Asosiy sabab shuki, biz imkoniyatlarimizdan biroz pastroq darajada o‘ynadik va hujumda kutilganidek xavfli bo‘la olmadik. Texnik xatolar va yaxshi vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan uzatmalar noaniq bo‘ldi.

Bu og‘riqli bo‘lsa-da, qabul qilishimiz kerak. Bu juda yuqori saviyadagi futbol. Bu finalga chiqish yo‘lidagi so‘nggi qadam edi. Endi esa uchinchi o‘rin uchun o‘ynaymiz. Biz bu bahsga ham tayyorlanamiz. Bu mag‘lubiyat jamoamiz shu paytgacha qilgan ishlarini kamsitmaydi. Ammo bugungi o‘yinda Ispaniya bizdan ustunroq bo‘ldi», — dedi Desham.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya finalda Angliya — Argentina juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Fransiya esa jahon chempionatining bronza medallari uchun bahsda ishtirok etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:15, 15.07.2026.
O'qildi: 5077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик