Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Fotogalereya: 2018 yili katta sahnaga ko‘tarilishi kutilayotgan 10 nafar yosh futbolchi

Fotogalereya: 2018 yili katta sahnaga ko‘tarilishi kutilayotgan 10 nafar yosh futbolchi

Baho:
+ | -

Quyidagi fotojamlanmaga kiritilgan yigitlarning ayrimlari yevrofutbolda ma’lum darajada o‘zlarini ko‘rsatishga ulgurishdi, qolganlari esa «ko‘hna qit’a»ga talpinishmoqda yoki hammani rom qilish jarayoniga shaylanishmoqda.

Demakki, ular joriy yil Kilian Mbappe tarixini takrorlab, yorqin yulduz maqomini olishlari ham hech gap emas.

10. Esekiel BARKO («Independyente»), 18 yosh, yarim himoyachi. Barko - jussasi kichik klassik yarim himoyachi.

Tezkor, shiddatli va yuqori dribling salohiyatiga ega Esekiel 17 yoshidayoq «Independyente» asosiy tarkibiga qo‘shilib, darhol murabbiylar shtabini hayratlantirgan.

Argentinaliklar uni yozda «Zenit»ga sotishdan bosh tortishdi. Ijodkorlikka moyil Barkoning o‘zi ham birdaniga yirikroq klubga o‘tishni mo‘ljallamoqda, shekilli.

9. Lautaro MARTINES («Rasing»), 20 yosh, yarim himoyachi. Janubiy Amerika futbolida ko‘zga tashlangan yana bir istiqbolli xavbek.

Lautaro ayni payt Avelyanedaning «Rasing» jamoasi yetakchilaridan biri va Krishtianu Ronalduga kumir sifatida qaraydi. Aytish joiz, u ham portugaliyalik yulduz kabi tezkor va zarbasi chakki emas. Shuningdek, havodagi to‘p uchun kurashda qoyilmaqom harakatlanadi.

8. Mikael KYUYSANS («Borussiya» M.), 18 yosh, yarim himoyachi. Menxengladbax klubi Kyuysansni U-17 toifasidagi Yevropa birinchiligidan so‘ng «Nansi»dan sotib oldi.

Zero, Mikael aqlli o‘yini va zargarona uzatmalari bilan e’tiborga tushgandi. «Borussiya» bosh murabbiyi Ditter Xekking fransiyalik yosh iqtidorni tez-tez maydonga tushirmoqda va muhimi, u yo‘qolib qolayotgani yo‘q.

Umuman, Kyuysans ulkan salohiyatga egaligini isbotlab ulgurdi va endi yangi darajaga chiqsa, ajabmas.

7. Yakub YANKTO («Udineze»), 21 yosh, yarim himoyachi. Italiyaning bu klubi Yevropa futbol bozoriga iqtidorli yosh «tovar»lar yetkazib berishi bilan tanilgan.

«Udineze»ning navbatdagi kashfiyoti - Yakub Yankto ayni payt «Milan» va «Yuventus» klublari e’tiborida turibdi. U maydon markazi va qanotda birdek effektli to‘p suradi, o‘rinli dribling va chiroyli «pas» hisobiga o‘yinga o‘zgacha shiddat bag‘ishlaydi.

Mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, Yakub hozirning o‘zida top-klublar asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashishga qodir.

6. Frenki de YONG («Ayaks»), 20 yosh, yarim himoyachi. Frenkining «Ayaks»da bosh rollardan birini qo‘lga olib, maydon markazidagi o‘yinni nazorat qila boshlaganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q.

O‘tgan mavsum Peter Bosh o‘zining «bolakay» shogirdlari bilan YELda shov-shuv ko‘targach, Kasper Dolberg, Matteys de Ligt va boshqalar boy klublar mo‘ljaliga tushishdi. Qarangki, Amsterdamda endi yangi qahramonlar bosh ko‘tarishmoqda.

Frenki de Yong - texnik salohiyati baland va o‘ta shiddatkor yarim himoyachi. Unda ayniqsa, o‘yinni tushunish va to‘p uzatish madaniyati yaxshi rivojlangan. E’tibor bering, gollandiyalik yigitchani hozirning o‘zida kimsan Andrea Pirlo bilan taqqoslamoqdalar.

5. Yann-Fite ARP («Gamburg»), 17 yosh, hujumchi. 

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:36, 02.02.2018.
O'qildi: 9928 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик