Turli mish-mishlarga qaramay, «Barselona» chap qanot himoyachisi Alexandro Baldeni sotib yuborishni unchalik istamayapti. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik 22 yoshli futbolchini asosiy tarkibda ko‘rmayapti, shu sababli ispaniyalik himoyachining klubdagi kelajagi so‘roq ostida turibdi.
Shunday bo‘lsa-da, jurnalist Roxer Torelyo bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» shu yozda Baldeni transferga qo‘yishni rejalashtirishmayapti. Kataloniyaliklar o‘z tarbiyalanuvchisini faqatgina klubga moliyaviy jihatdan juda foydali bo‘lgan va futbolchining o‘zini ham qoniqtiradigan taklif tushsagina sotishga tayyor bo‘lishadi.
Alexandro Baldening Transfermarkt portalidagi bahosi 50 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.













