Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Ravshan Xaydarov: «Ichki muhit a’lo darajada edi»

Ravshan Xaydarov: «Ichki muhit a’lo darajada edi»

Baho:
+ | -

Dunyoning eng ko‘p aholisi istiqomat qiladigan Xitoyda Osiyo chempioniga aylangan O‘zbekiston olimpiya (U-23) terma jamoasi yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi yurtimizga qaytib keldi.

Urumchi shahridan uchgan havo layneri bizning vaqt bilan soat 23:50da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Yarim tun, havo harorati taxminan 12-15 daraja sovuq bo‘lishiga qaramay, o‘z qahramonlarini kutib olish uchun minglab hamyurtlarimiz aeroportda hozir bo‘lishdi.

Hukumatimiz tomonidan tantanali kutib olish marosimini yuqori saviyada o‘tkazish uchun keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilgani shundoqqina ko‘rinib turardi. Terma jamoamiz a’zolari ikki qavatli maxsus avtobuslarda asosiy tadbir o‘tkaziluvchi «O‘zbekiston» mehmonxonasi tomon yo‘lga tushishdi.

Biz ana shu avtobuslarning birida terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarovdan eksklyuziv intervyu olishga muvaffaq bo‘ldik. Ravshan Akmalovich aeroportdan to «O‘zbekiston» mehmonxonasigacha bo‘lgan yo‘lning chetida turgan minglab hamyurt­larimizni ko‘rib, o‘z hayratini yashira olmadi.

- Ochig‘i, xayratimni yashira olmayapman,-deya so‘z boshladi olimpiyachilarimiz ustozi. - Shu darajada kutib olishadi deb sira o‘ylamagandim. Ko‘chalarga chiqqan minglab hamyurtlarimizni ko‘rib xayratim yanada oshib ketyapti.

Demak, futbol muxlislari katta g‘alabalarni sog‘inib qolishgan ekan. Bu esa bizga yanada qo‘shimcha mas’uliyat va kuch bag‘ishlaydi.

- Bunday nufuzli musobaqalarda oson g‘alabalar bo‘lmaydi. Lekin ana shu qit’a chempionatida o‘tkazgan o‘yinlarimiz orasida eng murakkabi qaysi bo‘ldi?

- Endi final har doim o‘z nomiga yarasha qiyin kechgan. Osiyo chempionatining finali ham bundan mustasno emas. Qiyinchiligi - birinchi galda ob-havo bilan bog‘liq. Bunday sharoitda chiroyli futbol namoyish etishning sira ham iloji yo‘q.

Faqat natija uchun o‘ynaladi. Finaldagi raqibimiz Vyetnam shu yergacha yetib kelib, allaqachon millat qahramoniga aylanib ulgurgandi. Ular o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani ortig‘i bilan bajarib bo‘lishgandi.

Shu jihatdan ham ularda ortiqcha bosim yo‘q edi. Biz esa aksincha, uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz shart edi. Shularni inobatga olgan holda futbolchilarni ruhiy tomondan tayyorlashga ham e’tibor qaratdik. Yakunda qiyinchilik bilan bo‘lsada o‘z niyatimizga erishdik.

- Yaponiya va Janubiy Koreyaga 4tadan gol urgan futbolchilarda Vyetnamga qarshi o‘yin oldidan xotirjamlikka berilish holati bo‘lishi mumkin edi. Bunday murakkab vaziyatda qanday yo‘l tutdingiz?

- To‘g‘ri aytasiz. Bu kabi holatlar avval ham bo‘lgandi. Shularni o‘ylab ham futbolchilar bilan jiddiy tarz­da gaplashib oldik, ularga tushuntirdik. O‘zlari ham buni yaxshi anglab yetishgan edi. Bir narsani aytishim kerak, Yaponiya va Janubiy Koreya bizning futbolchilar o‘zlarining eng pik, ya’ni yuqori sport formasiga kirib olgan bir paytda duch kelib qoldi.

Ishonchim komil, bu payt­da boshqa kuchliroq jamoani ham futbolchilarimiz mag‘lub eta olishardi. Lekin guruh bosqichini qiyinchilik bilan boshladik. Avvaliga mag‘lubiyatga uchradik. Keyin ikkita o‘yinda g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqib oldik. Bunday katta turnirlarda bir maromda o‘yin namoyish etishning o‘zi mushkul.

Ana shu sinovlarda futbolchilarning xarakteri toblanadi. Meni quvontirgan holat, jamoamiz o‘yindan-o‘yinga kuchayib bordi. Boz ustiga, ichki muhit ham a’lo darajada edi. Mana shu sifatlar jam bo‘lib, biz o‘zimizning oliy maqsadimizga erisha oldik.

- Xarakter haqida so‘z ochdingiz. Haqiqatan ham, ilk o‘yinda Qatarga imkoniyat boy berilganidan keyin ko‘pchilikda jamoamizga nisbatan ishonchsizlik ruhi uyg‘ongandi. Bu qiyin vaziyatda qanday yo‘l tutdingiz?

- Bilasizmi, biz guruhdan chiqa olmasligimiz ham mumkin edi. Lekin Osiyo chempionatiga faqat guruh bosqichida ishtirok etish uchun kelmagandik.

Aynan shu jamoamiz bunday holatlarga avval ham tushgan va o‘z o‘rnida qanday chiqib ketishni ham bilardi. Bitta o‘yinda yutqaziboq qo‘lni tushirish noto‘g‘ri bo‘lardi. Yodingizda bo‘lsa, Buriramdagi turnirning ilk o‘yinida Myanma bilan arang durang natija qayd etgandik. Ammo, shunga qaramay, yakunda chempion bo‘la olgan edik.

O‘z tajribamda ham bunga ko‘p bor duch kelganman, ya’ni hamisha birinchi o‘yin qiyin kechgan. Qatar bilan bo‘lib o‘tgan bahsda ustunlikka ega bo‘ldik. Lekin buni natijada isbotlay olmadik. Raqiblarimiz qarshi hujum taktikasida o‘ynab, bizni jazolashdi.

- Vyetnam terma jamoasi sizni qay jihatlari bilan hayron qoldirdi?

- Juda yaxshi shakllangan jamoa. Tasodif tufayli finalgacha yetib keldi, degan fikrlarga qo‘shilmayman. Tailanddagi turnirda ham bu termadi to‘qnash kelgandik. O‘shanda ham ularni qiyinchilik bilan yutgandik.

Vyetnamning Avstraliyaga qarshi kechgan uchrashuvini ko‘rgan bo‘lsangiz, bu fikrimga siz ham qo‘shilasiz. Vyetnam o‘z guruhida kuchli hisoblangan Suriya va Janubiy Koreyaga munosib tarzda qarshilik ko‘rsatdi.

- Finalning qo‘shimcha bo‘limlari so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotgan bir paytda Sidorovni maydonga tushirdingiz va uning birinchi to‘pga teginishi gol bilan yakunlandi. Bu o‘zgarish aslida penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rish edimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:07, 07.02.2018.
O'qildi: 3609 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.