Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Ronaldo, Messi va Maradonadan ham zo‘rman» yoxud «mittivoy»ning da’volari

«Ronaldo, Messi va Maradonadan ham zo‘rman» yoxud «mittivoy»ning da’volari

Baho:
+ | -

Buyuk Romario yanvarning 29-sanasida 52 yoshga to‘ldi. Futbolchilik faoliyatidan keyin boshi bilan siyosat olamiga sho‘ng‘igan mohir to‘purar endi Braziliya futbol konfederasiyasini boshqarmoqchi.

Nima derdik, yangi sohada ham ishi o‘ngidan kelsin, saylovlarda omadini bersin. Biroq nima bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘pchilik Romarioni hali-hamon o‘ziga xos futbolchi sifatida biladi, ya’ni uni funksioner rolida tasavvur qilolmaydi.

Zero, «Mittivoy» laqabi bilan tanilgan braziliyalik sobiq hujumchi futbolda yorqin iz qoldirgan. Jahon chempioni maqomining o‘zi uni buyuklar qatoriga qo‘shish uchun kifoya qiladi.

Muxlislar shuningdek, Romarioning PSVdagi qoyilmaqom o‘yinlari, «Barselona»dagi qisqa, ammo o‘ta samarali faoliyati va yuzlab gollarini eslab qolishgan. Sobiq forvardning o‘zi ham shaxsiy yutuqlariyu, natijalari bilan bot-bot maqtanishni xush ko‘radi.

Xo‘sh, kimsiz, janob Romario? Soccer.ru sayti afsonaviy «Mittivoy»ning tug‘ilgan kuni sharafiga uning turli vaqtlarda aytgan o‘tkir fikrlaridan sovg‘a misoli «guldasta» tuzdi.

Murabbiylar roli haqida: «Kim yaxshi ustoz? Shogirdlariga xalaqit bermaydigani, albatta. Doimo bitta fikrga sodiqman - g‘alaba murabbiylar emas, futbolchilar tomonidan qo‘lga kiritiladi. Misol uchun, murabbiy meni zaxirada qoldirishi mumkin.

Chunki hammasini u hal qiladi, shunday huquqi bor, albatta. Biroq bunday yondashuv oqibatida o‘yinni yutishi emas, yutqazashi ehtimolini oshiradi. Nimani nazarda tutayotganimni o‘zingiz o‘ylang...»

O‘z vazni haqida: «Og‘irligim - 72 kilogramm (bo‘yi atigi 169 santimetr). Nima, baqaloqmanmi? Endi ko‘z oldingizga filni keltiring - butun vujudini yog‘ bosgan bahaybat hayvon. Ammo o‘rmonga yong‘in tushsa, uni hech kim to‘xtatolmaydi».

Qiyinchiliklar haqida: «Kambag‘allar o‘lkasida ulg‘ayganman. Shunday ekan, menga qashshoqlik, ocharchilik yoki nimanidir qurbon qilish yo‘li xususida va’z o‘qimang zinhor».

O‘z majburiyatlari va maydondagi xudbinligi haqida: «Gol urishim shart. Agar darvozani ishg‘ol qilish uchun menda 1 foiz, qaysidir jamoadoshimda 99 foiz imkoniyat bo‘lsa ham, o‘zim tepishga urinaman, baribir. Hujumchilar - g‘irt xudbinlar. Lekin bu majburiyat ham».

Ronaldinyo haqida: «Bu yigit futboldagi oxirgi romantik».

Jahon kubogi haqida: «Jahon kubogini qo‘lga olgach, nimani his qilganimga qiziqyapsizlarmi? O‘shanda sovuqni sezganman, sovuqni. Sov-rin juda sovuq edi, xuddiki, uni muzlatkichda saqlashgandek».

Pulga munosabati haqida: «O, pul jonu dilim. O‘ylaymanki, hamma pulni yaxshi ko‘radi. Ammo kimlardir boshqacha gapiradi - qo‘lning kiri. Shunday bo‘lsa, nega hech kim pulni tashlab yubormaydi?»

Futbolchilik faoliyatining oxirida kelajagi haqida: «Hech qachon murabbiylikka qo‘l urmayman. Aslo! Negaki, xuddi o‘zimdek telba futbolchilarga sira toqat qilolmayman».

«Barselona» haqida: «Barselona»da o‘ynashimdan baxtiyorman, ammo klub ham tarkibida men to‘p surayotganimdan baxtiyorlikni tuyishi kerak. Aks holda, bu baxtsiz ittifoq hisoblanadi».

O‘zining futbol yo‘li haqida: «Faoliyatim menga quvonch, ko‘ngilxushlik va rohat bag‘ishladi».

O‘ziga xos futbolchi ekanligi haqida: «Kimdir bunga shubha qilmagan bo‘lsa kerak, ammo har ehtimolga qarshi kim qirollar qoniga egaligini yana bir marta isbotlab qo‘ydim» (Romario 39 yoshida Braziliya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan).

Hayotda nimani futboldan ustun ko‘rishi haqida: «Bu hayotda men uchun futboldan yaxshiroq narsaning o‘zi yo‘q. Faqat ko‘ngilxushlikni hisobga olmaganda».

O‘z missiyasi haqida: «Xudo meni gollar bilan odamlarga quvonch ulashishim uchun yaratdi. Demak, futbol bobida elchiman».

Qat’iy taqiqlar haqida: «Ikki taqiq joriy etilsa, Braziliya jamoatchiligi ancha baxtiyor bo‘lardi. Birinchisi - bolalar orasida giyohvandlik tarqalib ketishi oldini olish kerak, ikkinchisi - «Fluminense»ni hech qachon qo‘llab-quvvatlamaslik zarur».

Vorislari haqida: «Futbolda menga munosib voris bo‘lishga qodir o‘yinchini ko‘rmayapman. Pele yagona, Maradona ham. Xususan, Romario ham betakror. Jarima maydoni ichidagi o‘yin nuqtai nazaridan qaraganda esa, tarixdagi eng kuchli futbolchiman».

Braziliya xalqining hammadan farqli xususiyati haqida: «Har jihatdan oddiy braziliyalikka o‘xshayman: dangasa, erinchoq, ko‘ngilxushlik va yallo-tarallo shaydosi».

Yoxan Kroyff haqida: «Tarixdagi 15 nafar eng kuchli futbolchi orasidan chiqqan yagona munosib murabbiy. Men uchun shunday».

Ko‘p gol urishi nima bilan bog‘liqligi haqida: «Ochig‘i, haddan ko‘p uxlasam, raqib darvozasiga yo‘l topishda qiynalaman. Bordiyu, qaysidir bayramona kechani o‘tkazib yuborsam, unda umuman gol urolmayman».

Braziliya terma jamoasining JCH-2002dagi tarkibiga kirolmagani haqida: «Agar matbuotda yozishganidek, meni chindan ham, Urugvay termasiga qarshi o‘yin arafasida styuardessa bilan ko‘ngilxushlik qilganim uchun tarkibga kiritmagan bo‘lishsa, ranjish uchun 2ta jiddiy asosim bor. Birinchidan, jahon chempionatidan chetda qoldim. Ikkinchidan, ko‘ngilxushlik ham qilganim yo‘q».

Eng katta xafagarchik haqida: DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:02, 09.02.2018.
O'qildi: 15170 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.