Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Turkish Open». Shokin va Tursunqulovada oltin, Dinora esa bronza medalini qo‘lga kiritdi

«Turkish Open». Shokin va Tursunqulovada oltin, Dinora esa bronza medalini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Turkiyaning Istanbul shahrida taekvondo bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir o‘tkazilayotgani haqida xabar qilgandik.

Kecha Nikita Rafalovich -74 kg vazn toifasida finalgacha yetib borib, kumush medal sohibiga aylangandi. Bugun o‘tkazilgan bahslarda esa vakillarimiz bizga medallar shodasini taqdim etdilar.

Erkaklar o‘rtasida Dmitriy shokin barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylandi. +87kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan Shokin avvaliga germaniyalik Chem Unlusoyni, chorak finalda mezbon sportchi Okay Duztepeni, yarim finalda Makedoniya vakili Deyan Gergevskini, hal qiluvchi final jangida esa Verdan Golesni mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Qizlar o‘rtasida -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigora Tursunqulova ilk jangida fransiyalik Liza Berneybni, keyin esa Turkiya terma jamoasi sportchisi Xacher Orgarunni, yarim finalda rossiyalik Yuliya Miyus, hal qiluvchi jangda boshqa bir mezbon taekvondochi Mervenur Yevchini mag‘lubiyatga uchratdi.

-53 kg vaznli hamyurtimiz Dinora Mamadibragimova avvaliga rossiyalik Anastasiya Puchkoni, ikkinchi jangida boshqa bir rossiyalik Diana Sarayeva, chorak finalda mezbon sportchi Zehra Dosuchukurdan ustun keldi. Yarim finalda esa xorvatiyalik Dora Marichga imkoniyatni boy bergan Dinora yakunda Turkiyadan bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.

Shu tariqa, taekvondochilarimiz "Turkish Open" musobaqasida umumiy hisobda 2ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:06, 14.02.2018.
O'qildi: 3996 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.