Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

“Andijon”ning Toshkentdagi yig‘ini yakunlandi, jamoada yangilar bor

“Andijon”ning Toshkentdagi yig‘ini yakunlandi, jamoada yangilar bor

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida Toshkentda yig‘in tashkil etgan andijonliklar kecha poytaxt yig‘inini yakunladi.

Muxlislarga yaxshi ma’lumki, “burgutlar” u yerda o‘quv-mashg‘ulotlar bilan birga bir qator nazorat uchrashuvlarida ham maydonga tushdi. Eldor Sakayev boshqaruvidagi “Andijon”ning navbatdagi bosqich yig‘ini endi klub qarorgohida kechadi. Rejaga ko‘ra, jamoa a’zolari 18 fevral kuni tushlikdan so‘ng Andijonda yig‘iladi va mashg‘ulotlar Bo‘ston dahasidagi, “Andijon” futbol klubi qoshidagi “Viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabi”ning maydonida o‘tkaziladi. 

Tarkibdagi so‘nggi o‘zgarishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, kecha “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazilgan sinov-nazorat bahsidan so‘ng, murabbiylar Husan Olimjonov bilan xayrlashishga qaror qildi. “Mash’al” jamoasidan taklif etilgan iqtidorli posbon endilikda o‘ziga yangi jamoa topishi mumkin. Shuningdek himoyachi Avaz Agaliyev ham Farg‘onaning “Neftchi” klubidan tushgan taklifni qabul qilgan ko‘rinadi. 

“Andijon” tarkibiga hujumchi Davron Isoqov kelib qo‘shilganini ma’lum qilamiz. O‘tgan mavsum Quvasoyning “Sementchi” jamoasi tarkibida to‘purarlik mahoratini ko‘rsatgan Isoqov katta extimol bilan joriy yil “Andijon” sharafini himoya qiladi.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:13, 15.02.2018.
O'qildi: 3032 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик