Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

Futbol yurti – Angliyaga sayohat

Futbol yurti – Angliyaga sayohat

Baho:
+ | -

Hozirga kelib Angliyani butun dunyo futbol mamlakati sifatida biladi. Xo‘sh, bu yurt nimalar hisobiga bundayin e’tirofga sazovor bo‘ldi?

Sports.ru saytidagi hamkasblarimiz bu savolga javob topish maqsadida tumanli o‘lkaga tashrif buyurishdi.

Ajabtovur muzey

Agar futbolda faqatgina o‘yinchilar, murabbiylar va jamoalargagina sovrinlar taqdim etilibgina qolmay, shaharlarga ham mukofotlar berilganida, u holda Manchester shak-shubhasiz bunday sharafga munosib deb topilardi.

Mazkur shaharda Milliy futbol muzeyi 5 yil avval paydo bo‘lgandi. Bunga qadar Alan Shirerning uzugi, Pelening futbolkasi va «Uembli» maketi kabi antiqa buyumlar saqlangan muzey 2011 yilga kelib zararga ishlay boshladi va mazkur kolleksiya sayyohlar uchun anchagina qulay hisoblangan Manchesterga ko‘chirib o‘tkazildi.

Bundan tashqari, shahar meriyasi muzeyning oyoqqa turib olishi uchun yiliga 2 mln. funt ajratishga qaror qildi. Meriya ajratgan mablag‘ nimalarga sarf qilinayotganini ko‘rish uchun Viktoriya vokzalida tushib qolish va Todd Strit bo‘ylab bir necha qadam tashlashning o‘zi kifoya: bugunga kelib Manchesterdagi futbol muzeyi bu - uchta qavatda joylashgan muhtasham ko‘rgazma, shuningdek, Giggz va Nevillning Cafe Football deb nom olgan yana bir biznesidir.

Albatta, ushbu maskanga faqat osiyoliklarning a’lo darajada tayyorlangan taomlari yoki futbol afsonalari tomonidan taqdim etilgan yog‘li pishiriqlarni iste’mol qilish uchungina kelishmaydi.

Masalan, bu yerda premyer-liga tarixidagi eng beso‘naqay haykal - Maykl Jeksonni tomosha qilish ham mumkin - uni qachonlardir «Fulxem» xo‘jayini Muhammad al Fayod «Kreyven Kottej» darvozasi oldiga o‘rnattirib qo‘ygandi.

O‘zini hurmat qiladigan har qanday muzeyda bo‘lgani kabi, Todd Stritda ham 1-raqam ostida termalarning ilk uchrashuvi surati o‘rin olgan (Angliyaning Shotlandiyaga qarshi o‘yini, 0:0), shuningdek, dastlabki jahon chempionatidagi to‘p, Angliyaning birinchi kubogi va bugungi kunimizgacha yetib kelgan ilk medal ham bor.

Kutilmagan eksponatlar orasida sobiq ittifoq termasida to‘p surgan «Dinamo» hujumchisi Igor Chislenko hamda Didye Drogbaning liboslari, 1927 yili VVSning ilk futbol radiosharhi uzatilgani radiokarnayni ham ko‘rasiz.

Qolaversa, muzeyda ingliz futbol madaniyatining turli detallarini ham uchratish mumkin. Diyego Maradonaning qo‘l bilan raqib darvozasini zabt etgandagi futbolkasi bilan birga, 1985 yili 56 kishining umriga zomin bo‘lgan Bredforddagi yong‘in surati ham bor - ushbu fojia «Bredford» - «Linkoln Siti» bahsida yuz bergandi.

Har qadamda uchraydigan quvonchli va qayg‘uli, alamli va kulgu uyg‘otuvchi voqealardan hikoya qiluvchi eksponatlarni esa muzeyning asosiy kapitali, deyish mumkin. Masalan, birinchi qavat to‘riga yashirilgan interaktiv avtomatni qidirib topishda sizga Piklz laqabli kolli yordam beradi.

Bu it tarixidan jahon xabardor - aynan u 1966 yili «Angliyani sharmandalikdan saqlab qolgandi»: JCH boshlanishiga 3 oy qolganida Vestminster abbatligidan mundialning original kubogini o‘g‘irlab ketishadi. Piklz va uning xo‘ja­yini Devid Korbett esa uni London janubidan topib olishadi.

Korbett mazkur topilma uchun 6 ming funt mukofot oladi va bu pulga yangi uy xarid qiladi. Piklzga esa o‘sha chempionatda Angliya g‘olib bo‘lganligi munosabati bilan tashkillangan banketga taklifnoma beriladi.

«Sheffild Yunayted» akademiyasi

Eshli Foyl - bu yelkador inson qachonlardir Angliya futboli piramidasida «Chesterfild», «Bakston» va yana bir qancha jamoalar tarkibida o‘ynagan. Hozir esa «Sheffild Yunayted» akademiyasida 16 yoshlilarni shug‘ullantiryapti.

Uning hamrohligida «Yunayted» bazasi bo‘ylab aylanarkanmiz, bu maydonlarda qachonlardir Fil Jagelka, Kayl Uoker, Dominik Kelvert-Lyuin va «Sheffild»ning premyer-ligagacha yetib borgan boshqa tarbiyalanuvchilari to‘p surganini anglaymiz.

- Akademiyamiz byudjeti yiliga taxminan 1,1 mln. funt sterlingni tashkil etadi va ishonchim komilki, «MYU» faqat taksining o‘ziga bir yilda shuncha mablag‘ sarf qiladi, - deydi Esh.

- Uoker so‘zsiz bizning eng qimmatli tarbiyalanuvchilarimizdandir - uning «Siti»ga o‘tishi bizga 50 mln. foydaning 10 foizini keltirdi va byudjetimizning yaqin 5 yillik xarajatlarini qoplashga erishdik.

«Sheffild» akademiyasi tabiiy maysali 4ta maydondan iborat bo‘lib, ular asosiy tarkib va akademiya tomonidan teng o‘rtaga bo‘lingan, bu yerda futbolchilar 15-16 yoshidanoq to‘p sura boshlashadi.

Skautlar esa Manchesterdan Lidsgacha, Barnslidan Donkastergacha iqtidorlarni izlashadi. Maqsad - ikkinchi darajali me’yorda qolish, ya’ni akademiya «Tottenxem», «Chelsi», «Arsenal» va bosh­qa yirik akademiyalar bilan bir o‘rinda borsin.

- Hozirda bu akademiyada 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan taxminan 150ga yaqin bola shug‘ullanadi va ularning bir foizigina premyer-ligagacha yetib boradi, - deydi Esh.

«Old Trafford»

Qaysi klubga muxlislik qilmang, u xoh «Chelsi», «Bavariya» yoki «Zenit» bo‘lsin, «Old Trafford» sizda hayratlanarli taassurot uyg‘otishi aniq.

Bir harakat qilsangiz, kifoya, xuddi Ueyn Runi hozirning o‘zidayoq driblingini amalga oshirayotganday, Ronaldu navbatdagi «xet-trik»ka erishayotganday, Bekxem jarima zarbasini golga aylantirayotganday tuyuladi.

Ammo eng avvalo, ser Aleks Fergyusonning ko‘zlariga qarash kerak: «MYU» afsonasi sizni shimoliy tribunaga kirish joyida kutib oladi.

«Old Trafford» bo‘ylab sayohat 18 funt turadi va bu pul evaziga sizni «MYU» kostyumidagi gid millionlab faktlardan xabardor qiladi.

«Old Trafford»ning 1910 yildan keyin saqlanib qolgan va ikkinchi jahon urushini boshidan o‘tkazgan yagona qismi - o‘yinchilar uchun mo‘ljallangan eski tunnel bo‘lib, u hozirda tribunalardan birining ostiga berkitilgan.

Xillsborodan so‘ng bu yerda yangi kiyim almashtirish xonalari barpo etishdi, tez yordam va yong‘in xavfsizligi xizmati mashinalari erkinroq harakat qilishiga imkon beruvchi yo‘l qurildi.

Mehmonlarning kiyim almashtirish xonasi esa yulduzlarning liboslari va suratlari bilan bezatilgan - Devid Bekxem («Milan» tarkibida «MYU»ga qarshi o‘ynagan), Ronaldu (Manchesterga «Real» bilan birga kelgan), Giggz (termalar o‘yinida inglizlarga yut­qazgan), Zidan va Messi.

Boshqa yana ko‘plab brendlarda bo‘lgani kabi, «Yunayted»ga ham jurnalistlarning hojati yo‘q. Klub kommunikasiya bo‘limida bor-yo‘g‘i 5 kishi ishlaydi, lekin media bo‘limida 120 nafar xodim ish bilan band. «MYU»ning biror-bir futbolchisidan eksklyuziv intervyu olish noreal narsa.

Buning yagona yo‘li - Chevrolet taqdimoti uchun tayyorlangan taklifnomaga ega bo‘lish va u yerda Matich yoki Blindni ko‘rish, fotosessiya, suratga olishdan keyin 3-4 og‘iz so‘z almashish.

Sayohatning final nuqtasi klubning chiroyli qilib bezatilgan muzeyi hisoblanadi. U Krishtianuning surati hamda «MYU»ning ajoyib g‘alabalaridan hikoya qiluvchi rolikdan iborat.

Alohida yana bitta zal Myunxen fojiasiga bag‘ishlangan: Basbi kichkintoylarining o‘ljalari, ismlari, futbolkalaridan tashqari, u yerda dahshatli video va gazeta sahifalari bor.

Sheffilddagi polisiya uchastkasi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:21, 16.02.2018.
O'qildi: 3335 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.