Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

La liga. «Barselona» g‘alaba qozondi

La liga. «Barselona» g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 24-turi doirasida "Barselona" safarda "Eybar" mehmoni bo‘ldi va oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlar butun uchrashuv davomida kataloniyaliklarga nisbatan pressing qo‘llab, hujumkor o‘yin namoyish qilishga harakat qildi. Bu Valverde shogirdlari uchun ayrim qiyinchilik yuzaga keltirish bilan birga, ba’zi vaziyatlarda qulaylik ham yaratdi. Xususan, bahsning 16-daqiqasida "Barsa" qarshi hujumda mezbonlarni jazoladi. Messining ideal uzatmasidan keyin Suares birga-bir vaziyatga chiqdi hamda darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib "Eybar" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Orelyana jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan xafli zarba natijasida to‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 8 daqiqa qolganida darvoza ustunini poylash navbati Messiga keldi. Leoning uzatmasidan keyin Suares chap qanotdan darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. U darvozabonni aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida zarba bermasdan, to‘pni orqadan yetib kelgan Lionelga yetkazishga qaror qildi. Argentinalik futbolchining zarbasidan keyin olis ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida "Eybar" maydonda o‘n kishi bo‘lib qoldi: hissiyotlarini jilovlay olmagan Orelyana ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

O‘yin so‘ngida "Barselona" ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Koutinyo diagonal uzatma bilan o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Vidalni to‘p bilan ta’minladi. Aleish to‘pni to‘xtatmasdan jarima maydonchasidagi Messiga yetkazdi. Lionelning birga-bir vaziyatda bergan zarbasini Dmitrovich qaytardi. Chap qanotdan yordamga kelgan Alba o‘ng oyog‘i bilan darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "ko‘k-anorranglilar" La ligada ketma-ket ikkita durangdan keyin g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Kataloniyaliklar o‘z ochkolarini 62taga yetkazib, "Atletiko" bilan farqni 10 ochkoga yetkazishdi.

Ispaniya La ligasi, 24-tur
"EYBAR" - "BARSELONA" 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 16 Suares, 0:2 – 88 Alba.
Eybar – Dmitrovich, Arbilya, Ramis (Lomban, 46), Xose Anxel, Penya, Dani Garsiya, Diop (Eskalante, 74), Jordan (SHarles, 83), Orelyana, Inui, Kike.
Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Paulinyo (Aleish Vidal, 74), Serdji Roberto (Nelson Semedu, 90), Buskets, Rakitich, Inyesta (Koutinyo, 63), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Inyesta (48), Orelyana (58), Diop (66).
Chetlatish: Orelyana (66).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:57, 17.02.2018.
O'qildi: 4328 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик