So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong Rodri Ernandes transferi doirasida «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Rodri bo‘yicha muzokaralar chog‘ida ingliz grandiga de Yongni transfer bitimiga qo‘shishni taklif qilgan. Biroq hozircha ushbu taklif qanday natija bilan yakunlanishi noma’lum.
29 yoshli de Yong o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Rodri esa o‘tgan mavsumda «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda 2 ta gol qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropada yangi mavsum avgust oyining ikkinchi yarmida start oladi.













