Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

La liga. “Real” uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

La liga. “Real” uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 16-tur qoldirilgan o‘yinidan o‘rin olgan “Leganes” – “Real” uchrashuvi yakuniga yetdi. O‘yin Zineddin Zidan shogirdlarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

O‘yinning dastlabki daqiqalarida “Leganes” hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi, Teo Ernandes darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytarish harakatida tepmoqchi bo‘ldi, ammo qaytarilgan to‘pni Bustinsa golga aylantirib kutilmaganda hisobni ochdi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib, Vaskes Kazemironing uzatmasidan so‘ng hisobni tezkorlik bilan tenglashtirdi. 29-daqiqada “Real” yana gol urdi. Bu safar Vaskesning uzatmasi orqali Kazemiro jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol kuzatilmadi.

Ikkinchi bo‘limni yulduzlarsiz o‘tkazayotgan “Real” iloji boricha qarshi hujumlarda raqibni jazolamoqchi bo‘ldi. Ketma-ket hujumlar natijasida o‘yinning 90-daqiqasida jarima maydonchasiga yorib kirgan Kovachichga qo‘pollik ishlatildi va yuzaga kelgan penaltini jamoa sardori Serxio Ramos aniq amalga oshirib, Ronaldusiz o‘ynagan “qirollik klubi”ni “Leganes” bilan o‘yinda o‘yindagi g‘alabasi taminladi. Shu tariqa, “Real” safarda g‘alaba qozonib, Ispaniya chempionatidagi ochkolar sonini 48 taga yetkizib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

La Liga, 16-tur.

Leganes – Real Madrid 1:3.

Gollar: 1:0 – 6 Bustinsa, 1:1 – 11 Vaskes, 1:2 – 29 Kazemiro, 1:3 – 90, penalti Ramos.

Leganes – Kuelyar, Bustinsa, Riko, Tito, Siovas (Mantovani, 46), Pires, Gumbau (Peres, 46), Eraso, El-Jar, Ramos (Amrabat, 72), Bovyu.

Real Madrid – Kasilya, Varan, Teo, Karvaxal, Ramos, Kazemiro, Kovachich, Isko (Lyorente, 87), Vaskes, Asensio, Benzema (Beyl, 76).

Ogohlantirishlar: Riko (51), Ramos (57), Kuelyar (85), Peres (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:25, 22.02.2018.
O'qildi: 7130 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик