Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Sergey Kovshov: «Bu mavsumda syurprizlar ko‘p bo‘ladi»

Sergey Kovshov: «Bu mavsumda syurprizlar ko‘p bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Yangi mavsum oldidan “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Kovshov klub rasmiy sayti uchun intervyu berib o‘tdi. Unda murabbiy bo‘lajak rejalari va yangi mavsumdan nimalar kutayotganini ma’lum qildi

Dastavval, “Neftchi” jamoasining Toshkentdagi yig‘ini haqidagi fikrlaringizni bildirsangiz. 

– Toshkent yig‘ini yaxshi saviyada o‘tdi deb hisoblayman. Jamoamizning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlab oldik hamda nimalar ustida ish olib borishimizni belgiladik. “Navbahor” bilan birinchi o‘yinda durang natijaga erishgan bo‘lsak, “Metallurg” bilan o‘tkazilgan ikkinchi bellashuvda g‘alaba qozondik. Ayniqsa bahsni hujumkor tarzda olib borganimiz o‘yinimizni yanada shakllantirishga ko‘mak berdi. Uchinchi bahs “Buxoro”ga qarshi bo‘lib o‘tdi. Bu jamoa menda iliq taassurot qoldirdi. Hamma chiziqlarning harakatlari qoniqarli kuzatildi va bu jamoa mening fikrimcha kuchli oltilik uchun kurash olib boradi. Oxirgi nazorat uchrashuvimiz “Qizilqum”ga qarshi kechdi. Bu o‘yinda ham yigitlarimiz ko‘tarinki ruhda futbol namoyish etishdi. Seleksiya ishlari orqali 2-3 nafar futbolchini bir qator chiziqlarda sinab ko‘rdik. Natijasini esa mavsum davomida bilib olamiz. Umumiy qilib aytganda, o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonidan ko‘nglim to‘ldi. Yig‘in oxirida jamoa test sinovlarini topshirdi. Jamoa yig‘inga yaqindagina kirishgan, shu sabab mavsum davomida barcha kamchiliklarni bartaraf etib borishga harakat qilamiz.

– Tarkibdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

– Tarkib borasida gapiradigan bo‘lsam, seleksiya ishlariga juda oz vaqt qoldi. Shu kungacha 2 nafar legioner tarkibimizda shug‘ullanmoqda. Biri ukrainalik darvozabon Vitaliy Mirniy bo‘lsa, ikkinchisi esa rossiyalik hujumchi Vyacheslav Sushkindir. Toshkentda safimizda xorijlik hujumchi Derebchinskiy ko‘rikda bo‘ldi. Uning harakatlari menga maqul kelgan bo‘lsada, oyog‘idagi jarohati sabab jamoada faoliyat yurita olmasligi oydinlashdi. Undan tashqari yaponiyalik Yu Kuboki ham o‘zida yomon taassurot qoldirmadi. Ammo uning saviyasidagi futbolchilar O‘zbekistonda yetarli topiladi. Shu sabab Kuboki bilan do‘stona xayrlashdik.

Siz kimlarni tarkibda ko‘zlagan edingiz. Lekin bu amalga oshmay qoldi.

Zafar To‘rayev hamda Laziz Ubaydullayev kabi futbolchilarni “Neftchi”da ko‘rishni xoxlardim. Lekin hozirgi tarkib ham yomon emas. Faqat futbolchilar o‘z ustilarida ishlab rivojlanishda to‘xtab qolmasliklari lozim.

– Superliganing yangi mavsumidan nimalarni kutmoqdasiz ?

Bu yil yangi formatda qatnashmoqdamiz. O‘yinlar qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Qanday natijalar qayd etilishini esa vaqt ko‘rsatadi. Chempionatda kuchli jamoalar jamlangan. Bizning rejalarimiz esa yaxshi natijalar qayd etib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashish.

– Fikringizcha, chempionlik uchun aynan qaysi jamoalar kurash olib borishadi ?

Chempionlik uchun kurashda hammaning imkoni bir xil deb o‘ylayman. Tarkiblarning kuchi deyarli teng sanaladi. Shu sabab mavsum davomida kutilmagan natijalar qayd etilsa, hech ajablanmayman. Ko‘pincha mavsum oldidan “Paxtakor” va “Lokomotiv” singari jamoalarga chempionlikni bashorat qilishadi. Lekin mening fikrim shundayki, hamma jamoalar matonat bilan o‘yinga yondoshsalar, xali ko‘p syurprizlarni ko‘rishimiz mumkin.

– “Neftchi” muxlislariga mavsum avvalida nima demoqchisiz ?

Muxlislar anchadan beri chiroyli va mazmunli o‘yinlarni sog‘inib qolishgan. Ular nima uchun stadionga talpinadi ? Ishqibozlar hujumkor o‘yin va chiroyli gollar ko‘rish istagida stadionga oshiqadi. Mening tilagim muxlislarimiz stadionga asabiylashish uchun emas, balki xordiq chiqarishga kelishlarini hohlab qolardim. Biz esa, bellashuvlarda ko‘proq gol urib, kamroq to‘p o‘tkazib yuborishimizni tilab qolardim. Shuning uchun muxlislarimiz xar bir o‘yinga kelib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turishsa, birgalashib ijobiy natijalarni qo‘lga kiritamiz deb umid qilib qolaman, – deydi Sergey Kovshov

“Neftchi” matbuot kotibi Zuhriddin Abdullajonov suhbatlashdi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 06:49, 27.02.2018.
O'qildi: 2510 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.