Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superliga, 1-tur. “Neftchi” – “Nasaf”. Prevyu

Superliga, 1-tur. “Neftchi” – “Nasaf”. Prevyu

Baho:
+ | -1

“Nasaf” bu yilgi yangi O‘zbekiston Superligasining ilk uchrashuvini safarda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv bahor faslining ilk sanasi – 1 mart kuni Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Superligasi – 2018. 1-tur

“Neftchi” (Farg‘ona) - “Nasaf” (Qarshi)

01.03.2018. Farg‘ona sh., “Istiqlol” stadioni. 20:00da

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)

Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: Arslon Xotamov (Toshkent)

 

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 42 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda "Nasaf" 18 marta g‘alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik qarshiliklar tomonida – 49:58.

Esingizda bo‘lsa, “Nasaf” jamoasi o‘z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o‘z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan. Ushbu uchrashuv 1997 yilning mart oyida Qarshida bo‘lgan.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi “ajdarlar” farg‘onaliklar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda mag‘lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. "Nasaf" ustozi shu paytgacha shogirdlarini milliy chempionat uchrashuvlarida “Neftchi”ga qarshi o‘n marta maydonga olib tushgan. Shu uchrashuvlarning sakkiztasida qarshiliklarning qo‘li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Farg‘onadagi o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning Farg‘onadagi ilk uchrashuvi 1997 yil 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Shu paytgacha jamoalar Farg‘onada 21 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Ularning 9tasida “Neftchi” jamoasi g‘alabaga erishgan. 4 uchrashuvda “Nasaf” zafar quchgan. Qolgan 8 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. Farg‘onadagi 21 uchrashuvda darvozalarga jami 49ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik 29-20 “Neftchi” tomonida.

“Nasaf” Farg‘onadagi ilk g‘alabasini 2010 yili nishonlagan. O‘tgan yilgi chempionat doirasidagi Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘zaro uchrashuvda "ajdarlar" 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagi gollarga Azizjon G‘aniyev, Bobir Abduxoliqov va Shaxboz Erkinovlar mualliflik qilishgan.

“Neftchi”ning Farg‘onadagi jamoamiz ustidan erishgan g‘alabasiga to‘qqiz yil bo‘lgan. “Neftchi” so‘nggi bor 2009 yili o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan.

Farg‘onadagi o‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar 4:0, 4:1 ko‘rinishda. 1997 yilgi Farg‘onadagi o‘zaro ilk uchrashuvda yirik 3:3 hisobidagi durang ham qayd etilgan.

Ushbu uchrashuv 5 mart kuni bo‘ladigan "Nasaf" ishtirokidagi OCHL-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi oldidan ham muhim hisoblanadi.

“Neftchi” - “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1 mart payshanba kuni Farg‘ona shahridagi muhtasham “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv esa 28 fevral chorshanba kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadonida soat 15:30da boshlanadi.

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 15:11, 27.02.2018.
O'qildi: 2983 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик