Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Superliga, 1-tur. «Neftchi» – «Nasaf». Prevyu

Superliga, 1-tur. «Neftchi» – «Nasaf». Prevyu

Baho:
+ | -

“Nasaf” bu yilgi yangi O‘zbekiston Superligasining ilk uchrashuvini safarda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ushbu uchrashuv bahor faslining ilk sanasi – 1 mart kuni Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Superligasi – 2018. 1-tur

“Neftchi” (Farg‘ona)  - “Nasaf” (Qarshi)

01.03.2018. Farg‘ona sh., “Istiqlol” stadioni. 20:00da

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)

Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent).

Nazoratchi: Arslon Xotamov (Toshkent)

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 42 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda jamoamiz 18 marta g‘alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida – 49:58.

Esingizda bo‘lsa, “Nasaf” jamoasi o‘z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o‘z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan. Ushbu uchrashuv 1997 yilning mart oyida Qarshida bo‘lgan.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi “ajdarlar” farg‘onaliklar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda mag‘lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. Jamoamiz ustozi shu paytgacha  shogirdlarini milliy chempionat uchrashuvlarida  “Neftchi”ga qarshi o‘n marta maydonga olib tushgan. Shu uchrashuvlarning sakkiztasida jamoamizning qo‘li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Farg‘onadagi o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning Farg‘onadagi ilk uchrashuvi 1997 yil 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Shu paytgacha jamoalar Farg‘onada 21 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Ularning 9tasida “Neftchi” jamoasi g‘alabaga erishgan. 4 uchrashuvda “Nasaf” zafar quchgan. Qolgan 8 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. Farg‘onadagi 21 uchrashuvda darvozalarga jami 49ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik 29-20 “Neftchi” tomonida.

“Nasaf” Farg‘onadagi ilk g‘alabasini 2010 yili nishonlagan. O‘tgan yilgi chempionat doirasidagi Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘zaro uchrashuvda jamoamiz 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.  Uchrashuvdagi gollarga Azizjon G‘aniyev, Bobir Abduxoliqov va Shaxboz Erkinovlar mualliflik qilishgan.

“Neftchi”ning Farg‘onadagi jamoamiz ustidan erishgan g‘alabasiga to‘qqiz yil bo‘lgan. “Neftchi” so‘nggi bor  2009 yili o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan.

Farg‘onadagi o‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar 4:0, 4:1 ko‘rinishda. 1997 yilgi Farg‘onadagi o‘zaro ilk uchrashuvda yirik 3:3 hisobidagi durang ham qayd etilgan.

Ushbu uchrashuv 5 mart kuni bo‘ladigan jamoamiz ishtirokidagi OCHL-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi oldidan ham muhim hisoblanadi.

“Neftchi” - “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1 mart payshanba kuni Farg‘ona shahridagi muhtasham “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashv soat 20:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv esa 28 fevral chorshanba kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadonida soat 15:30da boshlanadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 15:43, 27.02.2018.
O'qildi: 3389 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.