Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

“Espanyol”ga qarshi uchrashuv oldidan “Real”da ikki yo‘qotish bor, ulardan biri Ronaldu (foto)

“Espanyol”ga qarshi uchrashuv oldidan “Real”da ikki yo‘qotish bor, ulardan biri Ronaldu (foto)

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bugun, 27 fevral kuni Ispaniya chempionatining 26-tur doirasida “Espanyol” maydoniga safar uyushtiradi.

“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zineddin Zidan mazkur uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan 19 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.

E’tiborlisi, “Real” jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronaldu bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Zidan Ronalduga “PSJ”ga qarshi o‘yin oldidan dam berishga qaror qilgan.

Shuningdek, Kazemiro oshqozonidagi muammo tufayli Kataloniya jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

Quyida “Real”ning “Espanyol”ga qarshi kengaytirilgan tarkibi bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar: Navas, Kasilya, Lyuka Zidan.

Himoyachilar: Karvaxal, Varan, Ramos, Nacho, Teo Ernandes, Ashraf Xakimi.

Yarim himoyachilar: Oskar, Lyorente, Asensio, Isko, Kovachich, Sebalyos.

Hujumchi: Benzema, Beyl, Lukas Vaskes, Mayoral.

Ma’lumot uchun, “Espanyol” – “Real” bahsi Toshkent vaqti bilan bugun, 27 fevral kuni tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu “Levante”ga qarshi o‘yinda ham qaydnomaga kiritilmagandi.

Manba: www.realmadrid.com
Kiritildi: 17:27, 27.02.2018.
O'qildi: 9267 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик