Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshida Jang san’ati va yakkakurashlar departamenti tashkil etilmoqda

Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshida Jang san’ati va yakkakurashlar departamenti tashkil etilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Ushbu departamentga jami 23 ta federasiya a’zo bo‘ladi. Xabaringiz bor, hozirda noolimpiya sport turlarida ko‘plab mustaqil federasiyalar faoliyat yuritmoqda.

Masalan, taekvondo ITFning o‘zida to‘rtta mustaqil federasiya ish olib bormoqda. Karateda esa beshta federasiya ana shunday faoliyatni yo‘lga qo‘ygan. Bu departamentni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ishlarni muvofiqlashtirish, hamkorlikda ishlash tizimini yaratish, o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘lib, eng avvalo olimpiya sport turlari uchun munosib zaxira, iqtidorli sportchilarni yetishtirib berish hisoblanadi.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida mazkur departament tashkil etilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Departamentga Sardor Toshxo‘jayev direktor etib tayinlandi. 

Yig‘ilishda MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov va yangi departament direktori Sardor Toshxo‘jayevlar mustaqil ravishda faoliyat yuritayotgan federasiya a’zolari bilan uchrashishdi.

"O‘zbekistonlik ko‘pgina sportchilar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya kabi mamlakatlarga borib, o‘zlari mustaqil ravishda turli janglarda ishtirok etib kelishmoqda. Aralash qoidalar jangchilarini kim nazorat qilmoqda? Ular uchun kim javob beradi? Qaysi federasiya ularni kuzatib boradi? Bu haqida ham ma’lumotga ega emasmiz. Qolaversa, ayrim mustaqil federasiyalar davlatdan olgan mablag‘lari yetmagandek, ota-onalardan ham pul olib sportchilarni xorijiy musobaqalarga olib borishmoqda. Mablag‘ topib bera olmagan ota-onalar esa farzandlari harchand iqtidorli bo‘lmasin, ularni xalqaro musobaqlarga yuborish imkoniyatidan mahrum etilmoqda. Qani bu yerda adolat? Biz ana shunday xolatlarga chek qo‘yishimiz lozim. Eng avvalo, adolatli tizim yaratishimiz kerak. Toki, ota-onalar bizdan rozi bo‘lishsin", - deb kuyunib gapirdi MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov. 

Departament qoshida alohida assosiasiyalar faoliyat yuritadi. Ya’ni o‘sha to‘rtta taekvondo federasiyasi bitta assosiasiyaga birlashtiriladi. Karateda ham huddi shunday yo‘l tutiladi. Ya’ni, shotokan, vodoryu, godzuryu federasiyalari bitta yaxlit assosiasiya ko‘rinishiga olib kelinadi. Aytib o‘tganimizdek, ushbu assosiasiyalar olimpiya sport turlari uchun sportchi yetishtirib berish bilan shug‘ullanadi. 

“Eng muhimi, farzandlarini yakkakurash sport turlariga olib kelayotgan ota-onalar bizdan rozi bo‘lishi kerak. Asosiy maqsadimiz – yurtimizga mard va jasur, sog‘lom va baquvvat vatan himoyachilarini tarbiyalab berishdir", - dedi Umid Ahmadjonov.

Albatta, Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshida Jang san’ati va yakkakurashlar departamentining tashkil etilishi ishni muvofiqlashtirishda, tartib o‘rnatishda, adolat mezonlarini yaratishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘ylaymizki, bu departament yaqin kelajakda o‘z samarasini beradi va olimpiya sport turlari sanalgan boks, dzyudo, taekvondo, karate, sport kurashlariga munosib sportchilarni yetkazib beradi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:27, 27.02.2018.
O'qildi: 1697 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.