UYEFA fransiyalik yarim himoyachi Samir Nasrini 6 oyga futboldan chetlatish haqida qaror chiqardi.
Fransuz nashrlarining yozishicha, 30 yoshli futbolchining doping iste’mol qilganligi aniqlangan. Qaror 22 fevraldan kuchga kirdi.
Ma’lumot uchun, Nasrining oxirgi klubi “Antalyaspor” bo‘lib, u turk klubi bilan yanvar oyining oxirida xayrlashgandi.