«Manchester Yunayted» klubining 16 yoshli iqtidorli yarim himoyachisi Jey-Jey Gabriel kelajagi borasidagi ustuvor maqsadlarini belgilab oldi.
Yosh futbolchining xizmatlariga Yevropaning uchta grandi — «Bavariya», «Barselona» va «Real» qiziqish bildirmoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Gabriel faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga moyil. Unga «Bavariya» varianti unchalik qiziq emas. Shu sababli futbolchi «Real» va «Barselona» o‘rtasida tanlov qilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, «Bavariya» rahbariyati yosh yarim himoyachi bilan muzokaralar o‘tkazgan. Biroq myunxenliklar rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Bunga Germaniya klubi mutasaddilarining Gabriel faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga qaror qilganini anglab yetgani sabab bo‘lgan.
Hozircha 16 yoshli futbolchining «Real» yoki «Barselona»dan qaysi birini tanlashi ma’lum emas.













