Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/10 00:45 Fiorentina 5-1 Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad 0-2 Osasuna
28/10 16:00 OKMK 1-2 Neftchi
28/10 18:15 Dinamo 1-2 Nasaf
29/10 01:00 Malyorka - Atletik Bilbao
29/10 22:30 Lechche - Verona
29/10 22:30 Kalyari - Bolonya
30/10 00:45 Milan - Napoli
30/10 22:30 Empoli - Inter
30/10 22:30 Venetsiya - Udineze

«Eh, «Arsenal», shoshmay tur!» yoxud Garri Keyn o‘tmish haqida so‘zlaydi

«Eh, «Arsenal», shoshmay tur!» yoxud Garri Keyn o‘tmish haqida so‘zlaydi

Baho:
+ | -

Bugungi kunda «Tottenxem» safida to‘purarlik salohiyati namo­yish etib, ko‘plab grand klublar oromini o‘g‘irlayotgan Garri Keyn o‘tmishi va futbolchilik faoliyatidagi eng yorqin lahzalarni yodga oldi.

Demak, mahoratli hujumchining taqdiri qanday kechganini uning hikoyasi orqali bilib olamiz.

***

Bolalikdagi arzimagan omadsizliklar kishiga turlicha ta’sir qiladi. Kechagiday yodimda, ushbu voqea Chingforddagi uyimiz yonidagi bog‘da yuz bergandi. Biz - dadam va ukalarim doim shu yerga futbol o‘ynagani kelardik

 Arzigulik maydon bo‘lmasa-da, ikkitagina daraxtni darvoza deb faraz qilgancha to‘p ortidan yugurishni qo‘ymasdik. Muhimi, biz shunga ham xursand edik. O‘shanda «Arsenal» yoshlari safida o‘ynardim va bu men uchun berilgan katta imkon edi.

8 yasharligimda dadam bilan yana o‘sha boqqa bordik. Kutilmaganda otam to‘xtadi-da, menga shunday dedi: «Senga bir muhim bir gapni aytishim lozim». «Nima bo‘ldi?», deb so‘radim xavotirlangancha.

O‘shanda dadam aytgan gaplar hanuzgacha qulog‘im ostida jaranglaydi: «Bilasanmi, Garri, «Arsenal» seni rad qildi». Rostini aytsam, o‘sha lahzalarda nimalarni his qilganimni eslay olmayman.

Hatto bu so‘zlar zamirida nima yotganini anglay olmaydigan darajada kichkina edim. Ammo otamning munosabati hamon yodimda. U na meni va na «Arsenal»ni so‘kdi.

Tashqi ko‘rinishi ham bu voqeaga befarqligini ko‘rsatardi. Shunchaki, «Xafa bo‘lma, Garri. Biz yanada ko‘proq ishlab, senga boshqa klub topamiz, xo‘pmi?», - dedi xolos.

«Arsenal»dan keyin birinchi jamoamga qaytdim va «Uotford» skautlarining nazariga tushdim. Ular menga ko‘rikdan o‘tishni taklif qilishdi. Hayot baribir qiziq - «Uotford»­ning «Tottenxem»ga qarshi o‘yinidan so‘ng «shporlar» menga o‘z akademiyasida o‘qishni taklif qildi.

Oq rang menga ko‘proq mos keladi, fikrim shunday. «Arsenal»ga qarshi ilk o‘yinim ham esimda... O‘shanda ularga nisbatan xafagarchiligim bor edi.

Hozir qanchalik qiziq tuyulmasin, ammo 8 yoshdaligimni e’tiborga olsak, doim ularga qarshi maydonga tushganimda: «Ko‘ramiz, qay birimiz haq ekanmiz», degan fikr xayolimdan o‘tardi. Hozirga kelib aytishim mumkinki, bu men bilan sodir bo‘lgan voqealar ichida eng yaxshisi bo‘lgan.

Zero, o‘sha voqea o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlashga turtki bo‘lib xizmat qildi va bunga qadar aynan shu narsa menga yetishmasdi.

***

Bugunga kelib Premyer-ligadagi 100-golimni urganimdan baxtiyorman. «Tottenxem» meni boshqa klubga ikki yilga ijaraga yuborganida esa tez-tez o‘zimga-o‘zim «Premyer-ligada hech bo‘lmasa bittagina gol urish baxtiga muyassar bo‘larmikanman?» - degan savolni berardim.

Bundan tashqari, ijarada yurgan paytlarim ham menga ko‘p narsadan saboq berdi. 2012 yili «Milluol»­da o‘ynaganimda, biz quyi ligaga «qulash» ostonasiga kelib qoldik. Mahalliy fanatlarning his-tuyg‘ulari yuqoriligi barchaga ma’lum.

Ilk bor mazkur jamoa tarkibida maydonga tushganimda, hakam menga nisbatan noto‘g‘ri qaror qabul qilganida buni ko‘rdim. Keyin nimalar bo‘lganini tasavvurga sig‘dirish qiyin!

Tribunalardan uchmagan narsaning o‘zi qolmadi va oqibatda, bahsni to‘xtatib, fanatlarni tinchlantirishga to‘g‘ri keldi. O‘shanda endigina 18 yoshda edim. Barchasiga nazar tashlarkanman: «Axir bu haqiqiy jinnilik-ku!», degan fikr keldi xayolimga.

Mavsum davom etar, biz tobora jadvalning quyi qismiga tushishda davom etardik. Kiyim almashtirish xonasida jamoadoshlarimning o‘zaro gap-so‘zlari esa meni yanada qay­g‘uga solardi:

«Agar ligadan tushib ketsak, maoshimni ikki baravarga kamaytirishlari aniq» yoki «Biz ligada qolmasak, hech qanday shartnomaga ega bo‘lmayman» kabi. Sheriklarim orasida uyida farzandlari kutayotganlar ham ko‘p edi va ularni ko‘rib futbolga butunlay boshqacha ko‘z bilan qaray boshladim.

Endi sportning bu turi shunchaki o‘yin bo‘libgina qolmay, oilani boqish uchun imkoniyat ekanligini ham anglab yetdim. «Milluol»dagi faoliyatim menga ko‘p narsani o‘rgatdi, endi maydonda o‘zimni boladay tutmaydigan bo‘ldim.

Bilmadim-u, ammo jamoamizning ligada jon saqlab qolishida ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shganimdan hozirgacha o‘zimni baxtiyor sezaman. Axir yomon o‘yin ko‘rsatmagandim-da. Bu esa o‘z o‘rnida, «Milluol»dagi fanatlar bilan yaxshi aloqa o‘rnatishimda asqotdi.

***

O‘zimcha «shporlar» meni jamoada saqlab qolishlari uchun yetarlicha jon kuydirdim, deb o‘ylab yurganimda... afsuski, meni boshqa bir klubga ijaraga berishdi. Aynan shu davrdan boshlab, men uchun o‘ta og‘ir kunlar boshlandi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:17, 28.02.2018.
O'qildi: 5289 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.