Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius ketsa, "Real" ikki yulduzdan birini olib keladi

Vinisius ketsa, "Real" ikki yulduzdan birini olib keladi

Baho:
+1 | -

"Real" Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Shu fonda mish-mishlar braziliyalik yulduzni Saudiya Arabistonining boy klublari bilan bog‘lamoqda.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, agar Vinisius bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, "Real" 250 million yevrodan yuqori bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ladi. Agar braziliyalik futbolchi klubni tark etsa, unda "qaymoqranglilar" ikki futbolchidan birini - "Bayer"dan Florian Virs yoki "Atletik"dan Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

21 yoshli Virs "Transfermarkt" portali tomonidan 140 million yevroga, 22 yoshli Uilyams esa 70 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 12:37, 22.03.2025.
O'qildi: 5494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик