Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Shukurali Po‘latov: “Bugun O‘zbekistondagi eng kuchli klubga qarshi to‘p surdik”

Shukurali Po‘latov: “Bugun O‘zbekistondagi eng kuchli klubga qarshi to‘p surdik”

Baho:
+ | -

“Neftchi” – “Nasaf” bahsidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida  farg‘onaliklar himoyachisi Shukurali Po‘latov ishtirok etib o‘yin haqida shaxsiy fikrlarini bildirdi.

Shukurali Po‘latov: Bugun O‘zbekistondagi eng kuchli klubga qarshi to‘p surdik. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Bejizga bu jamoa o‘tgan mavsumda 2-o‘rinni qo‘lga kiritmadi. Jamoamiz bilan o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Bahsda muxlislar bizga juda katta dalda bo‘lib turishdi. Buning uchun ularga rahmat deb qolaman.

“Neftchi” yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Bugun rahbariyat tomonidan “Nasaf”ni mag‘lub etish vazifasi oldimizga qo‘yilgandi. Lekin durang natija ham yomon emas deb o‘ylayman. Jiddiy raqibga qarshi og‘ir o‘yin kechdi”, - dedi Po‘latov. 

“Neftchi” matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 00:24, 02.03.2018.
O'qildi: 3275 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик