Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Aleksandr Zinchenko: «De Bryuynedan chiroyliroqman»

Aleksandr Zinchenko: «De Bryuynedan chiroyliroqman»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi va Ukraina terma jamoa­si a’zosi Aleksandr Zinchenko The Telegraph nashriga intervyu berdi. U asta-sekin, lekin ishonch bilan Xosep Gvardiola mexanizmining bir bo‘lagiga aylanib bormoqda.

Aleksandr erishgan muvaffaqiyatlar sababi nimada? Raqobatchilarning jarohati, bo‘sh o‘yinimi yoki futbolchining o‘zimi? Bunga javobni tez orada olamiz. Shu o‘rinda aytish joizki, Aleksandr ancha hazilkash.

Rahim Sterling, Ilkay Gyundogan, Kevin De Bryuyne va hattoki, faxriy Fernandinyo ham Zinchenko hazili «qurbon»i bo‘lishgan. Ukrainalik futbolchi Angliyaga kelishi bilanoq, muxlislar uning De Bryuynega o‘xshashi haqida gapirishdi. Uni bir necha bor Kevin bilan alishtirib qo‘yishdi.

«Ishonavering, bu gaplarni doim eshitaman. Meni «Kev» deyishadi. Avtobusga chiqib ketayotganimda muxlislar «Kevin, suratga tushsak maylimi?» deb so‘rashadi.

Keyin ortimga burilsam, «Oh, bu Kevin emas-ku», deyishadi. Uzoqdan egizaklarga o‘xshashimiz mumkin. Lekin yonma-yon tursak, bunday emas. Men chiroyliroqman», - deydi Zinchenko.

Aleksandr Doneskning «Shaxtyor» klubi akademiyasida o‘qigan. Lekin Ukrainadagi notinch vaziyat tufayli uning oilasi Rossiyaning Ufa shahriga ko‘chib o‘tgan. Zinchenko esa «Ufa» klubi sharafini himoya qila boshlagan. «Manchester Siti» uni aynan shu jamoadan xarid qilgandi.

«Shaxtyor»da qiyin vaziyatga tushib qolganman. O‘shanda shartnomam yakunlanishiga ikki yil qolgandi. Doneskdagilar uni uzaytirishlarini aytishdi.

Orzuim «konchilar»ning asosiy tarkibida o‘ynash edi. O‘sha paytlarda jamoa­da Fernandinyo, Duglas Kosta, Genrix Mxitaryan... kabi futbolchilar to‘p surishardi.

Ukrainaliklarning asosiy tarkibiga kirishlari juda mushkul bo‘lgan. Lekin men yana ikki yil qolaman, dedim. Rahbariyatdagilar esa shartnomamni uzaytirmasam, hattoki, yoshlar jamoasida ham o‘ynay olmasligimni aytishdi.

Natijada qandaydir to‘rt oy faqat yugurish bilan vaqt o‘tkazdim. Chunki mashg‘ulotlardan chetlatishgandi.

Mavsum oxirida oilam notinchlik tufayli Ukrainani tark etdi. Ikki yil oldin «Shaxtyor»ning ikkinchi jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finalida «Chelsi»ga imkoniyatni boy berdi.

U aynan mening yosh guruhim edi, tarkibdagilarning barchasini taniyman. Axir besh yil birga o‘ynaganmiz.

O‘sha jamoada ajoyib futbolchilar bor. Ular Yevropaning har qanday klubida o‘ynay olishadi. Biroq uzoq muddatli shartnomalari tufayli oldinga qadam tashlash imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi.

Kiyevning «Dinamo» klubida ham vaziyat shunday. Futbolchilar ketishni istashsa ham keta olishmaydi», - deydi Zinchenko.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:51, 09.03.2018.
O'qildi: 5158 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.