Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Pro-liga: “Iftixor” Superligani ko‘zlaydi

Pro-liga: “Iftixor” Superligani ko‘zlaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, “Iftixor” futbol klubi prezidenti Qahramon Quronboyev jamoa qarorgohi joylashgan Oltiariq tumaniga tashrif buyurib, “Iftixor” futbol klubining stadioni va bazasi, tumanning so‘lim go‘shasida klub tomonidan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan sport-sog‘lomlashtirish bazasi bilan tanishdi.

Shuningdek,  klub qarorgohida “Iftixor” futbolchi va murabbiylari bilan uchrashib, yaqindan suhbatlashdi.

- Yurtimizda sportga, xususan, futbolga katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Boisi mamlakatimizda millionlar o‘yiniga ishqiboz bo‘lganlar soni juda bisyor va ularning  ko‘pchiligini yoshlar tashkil etadi, - deb gap boshladi O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi.  – Mana, bir necha oy oldin O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, tarixiy voqeani qayd etdi. Chempionlarimizning aholimiz tomonidan kutib olish jarayonlarini kuzatib shu narsaga amin bo‘ldimki, jannatmakon diyorimizda futbolga qiziquvchilar nihoyatda ko‘p ekan. Shuning uchun O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi qoshida “Iftixor” futbol jamoasini tashkil etishga qaror qildik. Ochig‘ini aytish kerak, sizlardan umidimiz katta. Shu davrga qadar Yoshlar Ittifoqi qoshida futbol jamoasi tashkil etilmagandi. Biz birinchi bo‘lib bunga qo‘l urdik. Sizlar, O‘zbekiston yoshlari, nimalarga qodir ekanligingizni natija bilan ko‘rsatishlaringiz lozim. Zero, yurtboshimizning o‘zlari Siz kabi yoshlarga qarata "Marrani baland oling, ertangi kun Siz kabi yoshlarniki", deya chorlamoqdalar. Bu chorlovga sizlar  mehnatlaring bilan javob berishlaringga ishonaman. Biz o‘z oldimizga hamisha yuqori maqsadlarni qo‘yib kelganmiz. Bu safar ham shunday bo‘ladi. Nasib qilsa, “Iftixor” jamoasi keyingi yili Superligada ishtirok etishi darkor. Sizlarga bu borada omad tilayman.

Uchrashuv chog‘ida Qahramon Quronboyev futbolchilarga zarur bo‘ladigan barcha sharoitlar yaratib berilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Iftixor” klubi matbuot xizmati

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:57, 12.03.2018.
O'qildi: 2744 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.