“Everton” klubi va Islandiya terma jamoasi yetakchisi Gyulfi Sigurdsson “Brayton”ga qarshi uchrashuv (2:0) da jiddiy jarohat olgan.
Futbolchiga tovon qismining yirtilib ketishi tashxisi qo‘yildi va u katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Bundan tashqari, Gyulfi JCH-2018 musobaqasini ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Bugun Sigurdson tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va uning jarohati haqida aniq ma’lumotlar aytiladi.