Kirish Ro'yxatdan o'tish

FIFA Gresiyani halqaro o‘yinlardan chetlatishi mumkin

FIFA Gresiyani halqaro o‘yinlardan chetlatishi mumkin

Baho:
+ | -

FIFA Gresiya hukumatidan mamlakat futbolida tartib o‘rnatilishini talab qildi, aks holda grek futboliga sanksiyalar qo‘llanishi mumkin.

FIFA nazorat qo‘mitasi mamlakat hukumatiga chempionatni to‘xtatib turish va grek futbolidagi voqealarga e’tibor berishni maslahat berdi.

Eslatib o‘tamiz, 5 fevral kuni "Olimpiakos" muxlislari jamoa mag‘lubiyatidan so‘ng stadionda tartibsizlik keltirib chiqarganlar, klub uch ochkodan mahrum qilingan va ikki o‘yinni muxlislarsiz o‘tkazish jazosi tayinlangan.

26 fevral kuni PAOK – «Olimpiakos» uchrashuvida mehmonlar murabbiyiga kassa tasmasi ruloni uloqtirilgan. PAOKdan 3 ochko olib tashlangan.

11 mart kuni PAOK prezidenti Ivan Savvidi AYEK bilan uchrashuvda belida to‘pponchasi bilan maydonga tushgan va hakamga po‘pisa qilgan. Gresiya chempionati noma’lum muddatga to‘xtatildi.

Gresiya polisiyasi Savvidini hibsga olish uchun order bergan ammo uni hech qayerdan topib bo‘lmayapti.

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:17, 13.03.2018.
O'qildi: 2376 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик