Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Aprel oyida Andijon, Qo‘qon va Xorazmda mini-futbol maydonchalari quriladi

Aprel oyida Andijon, Qo‘qon va Xorazmda mini-futbol maydonchalari quriladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan yilning 9 noyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O‘zbekiston MOQ Prezidenti, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Futbol Konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazgandi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, Andijon, Qo‘qon va Xorazmda bolalar uchun mo‘ljallangan mini-futbol maydonchalari barpo etilishiga OFK tomonidan mablag‘ ajratilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.


Ana o‘sha kelishuvga asosan OFKning futbol maydonlari qurilishi bo‘yicha mutaxassisi Menduh Akyurekli yurtimizga tashrif buyurib, Andijon, Qo‘qon va Xorazm shaharlarida mini-futbol maydonchasi qurilishi uchun ajratilgan hudud bilan tanishdi.Maydonchalarning qurilishi bo‘yicha o‘zining amaliy maslahatlarini berdi.

Kelishuvga ko‘ra shu yilning aprel oyi boshlarida Italiyaning qurilish bo‘yicha mashhur bo‘lgan "Limonta" kompaniyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurib, sun’iy qoplamali maydon qurilish ishlarini boshlashadi. Har uchchala stadion yuqori sifatli texnologiyalar yordamida barpo etiladi va bu maydonchalarda yilning barcha faslida futbol uchrashuvlari va mashg‘ulotlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:25, 14.03.2018.
O'qildi: 3508 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.