Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Kozim O‘rinboyxo‘jayev: “MOQ rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar tez orada samara berishiga ishonaman”

Kozim O‘rinboyxo‘jayev: “MOQ rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar tez orada samara berishiga ishonaman”

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

Xabar berib o‘tganimizdek, Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni asosida deyarli har kuni turli yig‘ilishlar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, kecha, 13 mart kuni yurtimizdagi Olimpiya zaxiralari kollejlari direktorlari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining xududiy boshqarmalari boshliqlari hamda respublika sport federasiya va assosiasiyalar rahbarlari ishtirokida katta yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev ham ishtirok etdi. Fursatdan foydalanib, Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati mutaxassis bilan intervyu tashkil qildi.

-Respublikmizda so‘nggi paytlarda amalga oshirilayotgan sport sohasidagi islohotlar, yangiliklar haqida qanday fikrdasiz?

-Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan Jismoniy tarbiya va sport boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida farmon qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat bilan tanishib chiqib, uning qanchalik mukammal ekanligi, sport sohasini yanada rivojlantirishga katta turtki bo‘lishiga bevosita guvoh bo‘lib turibman. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda butun sport tizimi qayta isloh qilinmoqda. Tizimda oldin yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar chuqur o‘rganib chiqilgani, unga bo‘lgan yangicha yondoshuv shundoqqina ko‘rinib turibdi.

Farmonda Milliy olimpiya qo‘mitasi va yangi tuzilgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorlikda ishlashi, barcha federasiyalar bir yoqadan bosh chiqarib, yagona maqsad sari intilishi ko‘rsatilgan. Barchamizning maqsadimiz bitta: O‘zbekistonda sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va Olimpiya o‘yinlarida katta yutuqlarga erishish.

O‘zbekistonda yetishib chiqayotgan yosh avlodni ham jismonan, ham ma’nan tarbiya qilishda buning ahamiyati katta deb hisoblayman. Farmon qabul qilinishidan oldin O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati tomonidan bir qancha uchrashuvlar tashkillashtirildi. Jamoatchilik fikri o‘rganildi. Bu ham qaysidir ma’noda farmonni mukammal ko‘rinish hosil qilishi uchun xizmat qildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

-E’tibor bergan bo‘lsangiz, farmonda Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatiga ham alohida urg‘u berilgan. OZKlar terma jamoamiz bazasi bo‘lishi kerakligi, haqiqiy iqtidorlar, terma jamoamizga loyiq bo‘lgan sportchilar aynan u yerda tahsil olishi haqida aniq va ravshan keltirib o‘tilgan. Shahsan o‘zingiz kecha MOQda tashkil etilgan Respublikamizdagi OZKlari rahbarlari, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, federasiyalar vakillarining qo‘shma yig‘ilishida ishtirok etdingiz. Velosport misolida oladigan bo‘lsak, OZKlarda kutilayotgan o‘zgarishlar qanday samara beradi deb o‘ylaysiz?

-To‘g‘ri aytingiz, kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda biz uchun quvonarli yangiliklar bo‘ldi. Chunki, biz shu paytgacha OZKlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar u yerga kim tomonidan va qanday mezonlar asosida qabul qilinayotgani haqida tushunchaga ega emasdik. Federasiyalar va OZKlar o‘rtasida aloqa bo‘lmagan. Kollejga kirgan o‘quvchilar natija ko‘rsata boshlaganidan so‘nggina ularni taniy boshlaganmiz. U yerga kim qabul qilinyapti? Ko‘rsatkichlari qanday? Velosportga qiziqadimi, yo‘qmi? Shu kabi savollar biz uchun mavhum bo‘lib qolgan. Albatta, bu boradagi yangilik quvonarli holat bo‘ldi. 

Bizda velosportga moslashgan, sportning ushbu turi rivojlangan xududlar bor. Kechagi majlisda OZKlar tizimi optimizasiya qilindi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Velosport oqsayotgan xududlardagi kvotalar Xorazm viloyati kabi sportning ushbu turiga talab katta kollejlarga berildi. Xorazm vohasi haqida gapiradigan bo‘lsak, u yerda velosport anchadan beri rivojlanib kelgan.

Londondagi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, ikki karra Osiyo chempioni Murodjon Xolmurodov, xalqaro musobaqalar g‘olibi Doston Allamov, Bekzod Rahimboyevlar aynan ham o‘sha mintaqadan yetishib chiqishgan. Viloyatda velosport ancha rivojlangan. Chekka-chekka xududlarda ham velosport seksiyalari ishlab turibdi. U yerdagi mahalliy hokimliklar tomonidan velosipedlar xarid qilib berilgan. Malakali murabbiylar faoliyat olib borishmoqda.

Shu paytgacha Xorazmdagi OZKga bir yilda uch nafargina o‘quvchi qabul qilingan. Tabiiyki bu kvotalar viloyat uchun yetarli emasdi. Joy yetishmasligi sababli ular Toshkent, Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘istonga borib o‘qishga majbur bo‘lishgan. Bizga MOQ tomonidan shunday imkoniyat yaratib berildiki, unga ko‘ra kvota ikki barobar oshirildi. Endi Xorazm viloyati vakillari o‘z viloyatida, ota-onasini bag‘rida bemalol o‘qishlari, mahoratlarini toblab borishlari mumkin bo‘ladi. Nafaqat Xorazm, balki, Toshkent shahri, Toshkent va Namangan viloyatlarida kvotalar ko‘paytirib berildi. Toshkent va Namanganda velotreklar mavjud. U yerdagi OZKlarga asosan velotrek yo‘nalishida o‘quvchilar qabul qilinadigan bo‘ldi. Kvota ham ikki baravar oshirib berildi.

- OZKlarni optimizasiya qilish bahonasida eng avvalo o‘sha yerdagi imkoniyatdan kelib chiqildi, qaysi viloyatdagi OZKda qanday sport turi bilan shug‘ullanish uchun o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi mavjudligi o‘rganildi va aynan shunga asosan sport turlari taqsimlandi. Siz nima deb o‘ylaysiz, amalga oshirilayotgan sa’i-harakatlar, olib borilayotgan islohotlar sportimiz rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

-O‘ylashimcha, juda katta ishlar qilinmoqda. Aytganimdek, shu kungacha u yerdagi ahvol haqida bilmaganmiz. MOQ rahbari Umid Ahmadjonov ta’kidlaganidek, endi bevosita MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, federasiya vakillari qabul jarayonida ishtirok etadilar. Endi biz kollejlarga kimlar o‘qishga kirayotganini bilib tura olamiz. Velosport bo‘limida endi bokschi yoki kurashchi o‘qishiga yo‘l qo‘yilmaydi. U yerda aynan velosportchi tahsil oladi va terma jamoamizga mos bo‘lgan sportchi yetishtiriladi.

-Siz yaqinda Osiyo velosiped sporti federasiyasining vise-prezidentligi lavozimiga ham saylandingiz. Ushbu lavozimda o‘zbek velosportini yanada rivojlantirish, ommaviylashtirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish rejasidasiz? Hozir e’tibor beradigan bo‘lsak, yurtimiz ko‘chalarida ko‘pchilik havaskorlar darajasida veloosipedlar minib yurishibdi. Bu ham qaysidir ma’noda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning velosiped sportidagi g‘alabalar salmog‘ini oshirish yo‘lida qanday maqsadlaringiz bor?

-Ommaviylik haqida to‘g‘ri aytdingiz. Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham velosiped sog‘liqni tiklash yo‘lida eng yaxshi vositalardan biri ekanligi haqida gapirib o‘tdilar. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UWC) bilan hamkorlikda ham qo‘shma loyihamiz mavjud. Ular Namanganda velotrek qurilishida ishtirok etishdi. Inshoot bugungi kunda ishlab turibdi. Toshkent shahrida velosiped yo‘lakchalari bunyod etilmoqda. Metro atrofida, Amir Temur hiyobonidan Yunusobod mavzesigacha veloyo‘lak yaratish jarayoni ketmoqda.

Xabaringiz bor, dekabr oyida xalqaro velosipedchilar ittifoqi  prezidenti David Lapartye O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bungacha yurtimizga xech qachon ushbu tashkilot rahbari kelmagandi. Lapartye Prezidentimiz tomonidan sportga qaratilayotgan e’tibordan hayratda qoldi. Shuningdek, u kishi xalqaro kongressda ham O‘zbekiston velosiped sportida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida gapirib o‘tdi. Bizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Markaziy Osiyo mintaqasidan vakil sifatida Xalqaro velosportchilar ittifoqi va Osiyo velosiped sporti konfederasiyasi prezidentlari tashabbusi bilan ushbu lavozimga nomzodim qo‘yildi.

2019 yilda shosse bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu bo‘yicha rejalar tasdiqlangan. Ushbu Osiyo chempionati 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqa hisoblanadi. Qit’a chempionatida shosse yo‘nalishida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan sportchilar Olimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritadilar.

Shuningdek Osiyo velosiped sporti konfederasiyasi bilan tuzilgan memorandum asosida bizga imkoniyatlar, sharoitlar yaratilmoqda. Milliy olimpiya qo‘mitasi yordamida sportchilarimiz bir oy davomida Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo chempionatiga munosib tayyorlanish uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishdi. Qolaversa, aprel oyida yurtimizga Fransiyadan malakali murabbiy kelib, murabbiylarimiz uchun seminar o‘tkazish borasida ham kelishuvga erishdik.

-Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlardan shaxsan o‘zingiz sport federasiyasi rahbari sifatida qanday o‘zgarishlar sezyapsiz? Ishga bo‘lgan munosabat, qo‘yilayotgan talablar, kutilayotgan natijalar misolida oladigan bo‘lsak qanday o‘zgarishlar bor?

-Ishonch bilan aytishim mumkinki MOQ rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar tez orada o‘z samarasini beradi. Qolaversa, nafaqat Milliy olimpiya qo‘mitasida, balki butun respublikamiz sportida katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Tizimga yondoshuv va munosabat butunlay  o‘zgargan. Bevosita sportning ichiga kirib borilmoqda. Muammo va kamchiliklar eng quyi pog‘onalardan o‘rganilmoqda. Avval muammolar faqat yuzaki o‘rganilgani bois ham, ularni bartaraf etishga harchand urinmang, ortidan boshqasi kelib chiqaverardi. 

Federasiyalardagi mavjud muammolar, yuzaga kelayotgan kamchiliklar endilikda Milliy Olimpiya qo‘mitasi orqali hal qilinmoqda. Buning natijasida MOQning obro‘si va nufuzi anchagina oshdi. Agar bilsangiz, avval velosportda murabbiylarning o‘z sevimli sportchisi bo‘lgan. Ular o‘sha “yoqimtoy”larini turli musobaqalarga olib boraverishgan. Lekin, natijaga kelganida doim oqsaganmiz. Afsuski, velosportda guruhbozlik ham avj olgandi. Buning natijasida sportning ushbu turi rivojlanish o‘rniga bir joyda depsinib turavergan. Yangi rahbariyat bilan maslahatlashgan holda bunday holatga yangicha yondoshuv bo‘ldi. Avvalgi natijalar ko‘rib chiqildi, tahlil qilindi. Endilikda sportchilar xalqaro musobaqalarga jo‘nab ketishdan avval o‘zimizda sinovdan o‘tadilar. Toki ular orasida eng munosiblari xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilsin.

MOQ bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlarimiz sekin asta samara berishni boshladi. To‘rt yildan beri trek yo‘nalishida yaxshi natija ko‘rsata olmagandik. Odatda shosse bo‘yicha bahslarda ishtirok etadigan Murodjon Xolmurodov bir necha yil davomida o‘zini trek yo‘nalishida ham sinab ko‘rishi borasidagi taklif bilan chiqib kelgan. Ammo, o‘sha guruhbozlik tufayli unga bunday imkoniyat berilmagandi. Bu safar esa Xolmurodovga imkoniyat berildi va u birinchi urinishdayoq natija ko‘rsatdi.

O‘smirlarimiz ham xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlardan joy olishmoqda. Buning zamirida eng avvalo davlatimiz rahbarining e’tibori, qolaversa  Milliy olimpiya qo‘mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligining g‘amho‘rligi yotibdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Muhimi, biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz. Rahbariyat tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar, xorijiy yig‘inlar o‘z samarasini berishi aniq. MOQ rahbari kerak bo‘lsa bizga chet eldan malakali murabbiy ham olib kelishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bir so‘z bilan aytganda velosiped sportida tizim yangilanmoqda.

Afsuski, ayrim ommaviy axborot vositalari, ayniqsa ba’zi internet nashrlarda sport sohasidagi islohotlarga, jumladan Milliy olimpiya qo‘mitasining olib borayotgan siyosatiga faqat tanqidiy ruxda, qandaydir noholis tarzda fikr bildirilmoqda. Mamlakatda sportni rivojlantirish yo‘lida OAVning ham o‘rni juda katta. Shunday ekan, biz birlashib ishlashimiz kerak. Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport federasiyalari, muxlislar, OAV birlashgandagina katta natijalarga erisha olamiz. Fursatdan foydalanib, OAVdan Prezidentimizning sportga oid yuritayotgan davlat siyosatini, MOQ tomonidan olib borilayotgan islohotlarni odilona yoritib borishlarini, vaziyatga holislik prinsiplaridan kelib chiqib yondoshoshlarini so‘rab qolgan bo‘lar edim.

So‘zim yakunida shuni ta’kidlamokchimanki, muhtaram Prezidentimiz, qolaversa MOQ hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilab berilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi jismoniy tarbiya va ommaviy sportning jamiyatimiz hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, aholining barcha qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish orqali ularni ommaviy tarzda sportga, sog‘lom turmush tarziga oshno qilish, shuningdek, eng nufuzli xalqaro musobaqalarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan mashhur sportchilarimiz safi tobora kengayishiga xizmat qiladi.

Zafar Imomxo‘jayev suhbatlashdi 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:30, 14.03.2018.
O'qildi: 2236 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.