Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Superliga: “Qizilqum” - “Nasaf”. Prevyu

Superliga: “Qizilqum” - “Nasaf”. Prevyu

Baho:
+ | -

“Nasaf” bu yilgi Superliganing 3-tur uchrashuvini safarda Navoiy shahrining “Qizilqum” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

 "Ajdarlar" oldida yana bir qiyin uchrashuv kutib turibdi. Bu jamoalar o‘rtasidagi Navoiyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar juda keskin kechadi. “Nasaf”, Navoiydan so‘nggi bor 2015 yili g‘alaba bilan qaytgan.

Uchrashuv 18 mart yakshanba kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida soat 20:00da boshlanadi.

 

O‘zbekiston Superligasi-2018. 3-tur

“Qizilqum” (Navoiy) – “Nasaf” (Qarshi)

18.03.2018. “Yoshlik” SM. 20:00da

Bosh hakam: Valentin Kovalenko (Toshkent)

Qanot hakamlari: Ruslan Serazitdinov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent)

Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro)

Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Aleksey Frolov

 

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Qizilqum” va “Nasaf” jamoalari hozirgacha 36 marta ro‘baru kelishgan. Ushbu bahslarning 21 tasida qarshiliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g‘alaba qozonishgan. 9 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 38-68.

Endi mazkur jamoalar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, jamoamiz “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko‘rinishida g‘alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 3:1 ko‘rinishida.

O‘tgan yilgi o‘zaro Qarshida o‘tgan so‘nggi uchrashuvda, muxlislar 2ta golga guvoh bo‘lishgan.  "Nasaf" gollarini Bahrom Abdurahimov va Igor Golbanlar kiritishgan.

"Nasaf" Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligida hali biron marta, hoh Qarshida bo‘lsin, hoh Navoiyda bo‘lsin, “Qizilqum” jamoasiga mag‘lub bo‘lgan emas.

 

Navoiyda bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlarga oid

O‘zaro o‘yinlar qaydnomalarini varaqlasak, qarshiliklar Navoiyda o‘tkazilgan 18 uchrashuvning 7tasida g‘alaba, 6tasida durang va yana 5 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir qiziqarli fakt, “Qizilqum” jamoasi o‘z maydonida so‘nggi marta 2008 yilda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan. O‘tgan yilgi chempionatdagi Navoiyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 1:1 durang natijasi qayd etilgan. Bo‘lajak uchrashuv Navoiydagi o‘zaro 19-uchrashuv sifatida tarixga kiradi.

“Nasaf” so‘nggi bor “Qizilqum” jamoasini Navoiyda 2015 yili 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

 

Navoiyda bo‘lgan so‘ngi besh uchrashuv

10.08.2013. “Qizilqum” – “Nasaf” 0:1

06.06.2014. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1

26.08.2015. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:2

25.06.2016. “Qizilqum” – “Nasaf” 3:3

29.04.2017. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1

 

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv, 17 mart shanba kuni Navoiy shahridagi “Kimyogar” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 15:30da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 09:18, 16.03.2018.
O'qildi: 2747 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.