Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Sensasiya! «Navbahor» chempionni mag‘lub etdi

Sensasiya! «Navbahor» chempionni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -1

Bugun, 17 mart kuni Superliganing 3-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda Namanganning “Navbahor” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qildi va

Dastlab, burchakdan ko‘tarib berilgan to‘pni mehmonlarning tushunarsiz harakatlari evaziga Nenad Inyas bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Keyinchalik ham muxlislar bilan to‘lgan stadionda bir qator hujumlar tashkil etildi. Ammo birinchi bo‘limda hisob boshqa ochilmadi. Ochig‘ini aytganda, bugun Namangan stadioni o‘z bag‘rig‘a 20 mingdan ziyodroq muxlisni sig‘dira oldi. Bir qancha muxlislar yangi o‘rnatilgan turniketlardan o‘ta olishmay, futbolni ko‘chada tomosha qilishga majbur bo‘lishdi.

Ikkinchi bo‘lim ham muxlislari tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turgan “Navbahor”ning hujumi bilan boshlandi. Natijada 48-daqiqaga kelib, Ayubxon No‘monov “Lokomotiv” jarima maydonchasida chalib yiqitildi. Hakam esa bu vaziyatda mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi va hisob 2:0 ko‘rinishiga yetdi. Gol muallifi —Azizbek Turg‘unboyev.

Shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “Navbahor” “Lokomotiv”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Superliga. 3-tur.

“Navbahor” – “Lokomotiv” 2:0 (1:0)

Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy), R.Samandarov (Navoiy), O.Jumayev (Navoiy), A.Rahimov (Andijon).

Nazoratchi: A.Arutyunov (Toshkent).

Gollar: Nenad Inyas (21), Aziz Turg‘unboyev (48, penalti).

“Navbahor”: 1.Botirali Ergashev, 6.Oston O‘runov (15.Azamat Allaniyozov, 78), 8.Ayubxon No‘’monov, 10.Azizbek Turg‘unboyev, 12.Nenad Inyas (9.Dilshod Jabborov, 65), 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zam Aliyev, 24.Davron Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Tomislav Payovich, 44.Darko Stanoyevich.

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullayev, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov (19.Husniddin G‘ofurov, 69), 27.Sardor Rashidov (6.Nivaldo, 54), 28.SHuhrat Muhammadiyev, 33.Oleg Zoteev.

Ogohlantirishlar: Kaxi Maxaradze 13, Davron Hoshimov 61, Islom To‘xtaxo‘jayev 82.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:11, 17.03.2018.
O'qildi: 11202 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.