Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Umid Ahmadjonov: “Futbol — muxlislar uchun”

Umid Ahmadjonov: “Futbol — muxlislar uchun”

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘zbekiston Superligasining 3-turi muxlislar tashrifi borasida joriy mavsumdagi eng yaxshisi bo‘lgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. 3-turda jami 85 209 nafar muxlislar stadionlarda Superliga uchrashuvlarini tomosha qilishdi. Bu ko‘rsatkich esa muxlislar o‘rtasida o‘zbek futboliga  yana qiziqish paydo bo‘lganidan darak beradi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bu ko‘rsatkich mavsum davomida yanada oshishiga ishonch bildirib o‘tdi.

“Yurtimizda o‘zbek futboliga nisbatan qiziqish deyarli so‘ngandi. O‘tgan mavsumda Oliy liga o‘yinlarida stadionlar “huvillab” yotdi. Uchrashuvlarning boshlanishi noqulay vaqtga qo‘yilgani, futbol o‘yinlaridagi noxolisliklar, ba’zi hakamlarning adolatsiz ravishda o‘yinlarni boshqarishi muxlislarning ko‘nglini futboldan sovutgandi.

Yangi mavsum arafasida Superliga uchrashuvlariga muxlislar o‘rtasida qiziqishni orttirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Birinchi navbatda o‘yinlar boshlanishini muxlislar uchun qulay vaqtga belgiladik. Hakamlar saviyasini oshirish, ularning o‘yinlarni xolis boshqarishlarini ta’minlash maqsadida ularga turli yig‘inlar tashkil etildi, hakamlar maoshlari oshirildi. Futbolda adolatni ustuvor qilishga intilmoqdamiz. Buning samarasini barcha ko‘rib turibdi.

Muxlislar yana stadionlarga qaytmoqda, bu esa futbolimizga qiziqish ortayotganidan darak beradi.

Joriy mavsumda Superliganing 3ta turida uchrashuvlarga jami 223 665 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu bitta turdagi uchrashuvlar soni 6taga qisqarganidagi holat. Taqqoslash uchun, o‘tgan mavsumda Oliy ligada 16ta jamoa qatnashgan, tabiiyki, o‘yinlar soni ko‘proq bo‘lgan. 2017 yilda dastlabki 3ta turda stadionlarga jami 133 760 nafar muxlis kelgan. Guvohi bo‘layotganingizdek, jamoalar va o‘yinlar soni qisqargan Superliganing dastlabki 3ta turida avvalgi yilga qaraganda 100 ming nafardan ko‘proqmuxlis stadionga keldi.

Superliganing har bir uchrashuvi kurashlarga boy, shiddatli tarzda kechmoqda. Kelasi turlarda o‘yinlar yanada qizg‘in ko‘rinish oladi, har bir ochko uchun jamoalar jon-jahdlari bilan kurashishadi. Bu esa yanada ko‘proq muxlislarni stadionlarga chorlashi aniq. Muxlislarning stadionlarga tashrifini oshirish, ularga qulayliklar yaratish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Jumladan, stadionlarda maxsus oilaviy sektorlar tashkil qilindi, stadionlarda taom va ichimliklar sotiladigan do‘konlar ko‘paytirildi. Bu ham muxlislarni o‘ylab amalga oshirilgan ishlardan biri.

O‘z o‘rnida yurtimizdagi barcha futbol muxlislarini stadionlarga kelib, futbol uchrashuvlarini tomosha qilishga chaqirib qolamiz. Futbol Siz aziz muxlislar uchun”, - deydi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:51, 19.03.2018.
O'qildi: 4651 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.