Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Enso Fernandes uchun to‘lay oladigan maksimal summani belgiladi

«Real» Enso Fernandes uchun to‘lay oladigan maksimal summani belgiladi

Baho:
+1 | -

Jurnalist Tomas Gonsales-Martin «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Enso Fernandesning agenti Xavyer Pastor o‘z mijozining «Chelsi»dan «Real»ga o‘tishini yakunlash uchun Jorje Mendesh bilan aloqada bo‘lib turibdi. «Chelsi» 138 million yevro talab qilmoqda, ammo «Real» 100 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashni yoki kelishuvga boshqa o‘yinchilarni qo‘shishni istamayapti», — dedi Gonsales-Martin.

Enso Fernandes 2023 yilda 121 million yevro evaziga «Benfika»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «ko‘klar» safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:11, 03.06.2026.
O'qildi: 3530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик