«Real»ning bo‘lajak bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Arsenal» va Italiya terma jamoasi himoyachisi Rikkardo Kalafyorini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Murabbiy futbolchining universalligidan hayratda qolgan: Kalafyori ham markaziy himoyada, ham chap qanotda o‘ynay oladi.
Qayd etish joizki, italiyalik futbolchining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi yana uch yilga mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda Kalafyori «kanonirlar» safida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi hamda Angliya chempioniga aylandi.













