Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keniya olimpiya terma jamoasi 21 mart kuni yurtimizga yetib keladi

Keniya olimpiya terma jamoasi 21 mart kuni yurtimizga yetib keladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 va 26 mart kunlari vodiyda Keniya olimpiya terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Keniyalik futbolchilar 21 mart kuni tongda soat 07:30da Istambul orqali Toshkentga uchib kelishadi. Toshkent Xalqaro aeroportida keniyalik futbolchilarni kutib olish marosimi o‘tkaziladi. Yurtimizdagi barcha OAV xodimlari ushbu marosimda ishtirok etishlari mumkin. 21 kunining o‘zidayoq afrikalik futbolchilar Andijonga yo‘l olishadi.

23 mart kuni Andijondagi “Barkamol avlod” stadionida, 26 mart kuni esa Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida O‘zbekiston OTJ — Keniya OTJ o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Keniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun tarkibga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingandi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 20-21 mart kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazadi. Keyin esa Farg‘onaga yo‘l oladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:03, 19.03.2018.
O'qildi: 3360 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.