Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Mulohaza: Qo‘shaloq mag‘lubiyat qayg‘usi

Mulohaza: Qo‘shaloq mag‘lubiyat qayg‘usi

Baho:
+ | -

Muhtaram muxlis! Interfutbol gazetasining avvalgi sonida mag‘lubiyatni «Bu - futbol!» jumlasi bilan xaspo‘shlamaslik haqida mulohaza bildirilgandi.

Afsuski, «Lokomotiv» - «Al-Duhayl» uchrashuvidan so‘ng Shuhrat Muhammadiyev no‘noqlarcha boy berilgan g‘alabani, odatdagidek, yana shu jumla bilan izohladi va mikrofondan tezgina uzoqlashdi.

U «Men yaxshi o‘ynamadim. Islom To‘xtaxo‘jayev va Marat Bikmayev urishi shart bo‘lgan gollarni havoga sovurishdi. Kayfiyati yo‘q o‘yinga ruhan tayyor bo‘lmagan Salim Mustafoyev zaxiradan maydonga tushirilmasligi kerak edi», - deb bir gapni dangal-dangal ayta olmadi.

Agar u imkoniyatdan foydalanib, hamma ko‘rib-bilib turgan haqiqatni baralla so‘zlaganda, futbolimiz osmonida go‘yo chaqmoq chaqnardi. Yana qaysidir futbolchi uni qo‘llab-quvvatlab, parda ortida hamon yashirinib turgan muammolarni ro‘yi rost ochib tashlardi, balki.

Ammo u maydonda bo‘lgani kabi mikrofon qarshisida ham qulay vaziyatdan foydalanmadi. Boshqalar qatori u ham eski «plastinka»ni aylantirdi.

Mayli, bu o‘rinda aybni faqat unga yuklab qo‘ymaylik. Zero, bu holat bir-ikki kishiga emas, balki futbolimizga taalluqli muammo.

To‘g‘ri, futbolimizda oshkoralik jarayoni allaqachon boshlangan. Sportimiz, xususan, futbolimiz mutasaddilari islohotlar ro‘yobini tezroq ta’minlash maqsadida astoydil jon kuydirishmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasida shu yil 13 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ezgu maqsadlar yo‘lida yana bir dadil qadamdir. Chunki aynan shu yig‘ilishda mamlakatimizning barcha ma’muriy sub’ektlarida futbol akademiyalari tashkillanishi va ular O‘FA tasarrufiga berilishi haqida ma’lum qilindi.

Demak, yaqin kelajakda futbolimizning tashkiliy tuzilmasi eng quyi bo‘g‘inga qadar tubdan yangilanadi. Muxlislar qalbida umid gulxanlarini tobora lovullatadigan xushxabarlar bularning hammasi. Faqat bir jihat ko‘ngilni ozgina xira qiladi, xolos.

Biz xiralik deganda, futbolchilarimizning umidbaxsh islohotlar jarayonida ishtirok etishmayotganini, muammolarni ochiq-oydin so‘zlashdan o‘zlarini olib qochishayotganini nazarda tutmoqdamiz.

Agar islohotlar jarayonida futbolchilarning faolligi ham ta’minlansa, futbolimiz taraqqiyoti yanada tezlashardi. Ehtimol, vaqtincha yashirin nomlar ostida futbolchilarning mulohazalarini chop etish maqsadga muvofiqdir.

Har holda, ezgulik uchun har bir zararsiz imkonni ishga solgan ma’qul. Negaki, vaqt kutib turmaydi. Superliga yetakchilari endi OCHL guruh bosqichi doirasida nainki safar, balki uy uchrashuvida ham mag‘lubiyatdan bosh egishmoqda.

Holbuki, futbolimizning saviyasi bu darajada past emas. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, «Lokomotiv» tayyor g‘alabani o‘z ixtiyori bilan raqibiga topshirdi.

Jamoa shu harakati bilan birinchi turda qozonilgan yirik hisobdagi g‘alabani muxlislari burnidan buloq qilib chiqarib yubordi. «Nasaf» Erondagi sharmandali mag‘lubiyatini Qatarda qo‘shimcha gol evaziga juftladi va turnir jadvalidagi ahvolini jiddiylashtirdi.

Xo‘sh, sakkiz kun ichida uchta o‘yin o‘tkazish, xaqiqatan ham, futbolchilar uchun og‘irmi? Yevrofutbol tajribasidan kelib chiqsak, bu tig‘izlik og‘ir hisoblanmaydi. Lekin qandaydir qiyinchiliklar yuz berishi mumkin.

Rotasiya imkoni bo‘lmagan jamoalarda tajribali murabbiylar taktik boshqotirmalar vositasida vaziyatni yumshatishadi. Deylik, safar uchrashuvlarida mezbonlar bosimini susaytiradigan, yirik hisobdagi mag‘lubiyatlarning oldini oladigan sovuqqon himoyaviy uslubni tanlashadi.

Ro‘ziqul Berdiyev esa yosh jamoasi imkoniyatlariga yuqori baho berib yuborgan ko‘rinadi. Yo‘q, «Nasaf» hozircha tarkibida Xavi kabi futbolchi to‘p suradigan jamoa bilan safarda tengma-teng kurashadigan darajaga ko‘tarilmadi.

Fikrimizcha, Maqsud Karimovdek tajribali himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushganda, hisob bu qadar yiriklashib ketmasdi. Yoshlarni bu zayl toblab bo‘lmaydi.

Tajribasini oshirish maqsadi g‘ururi baland, mag‘lubiyatni yoqtirmaydigan iste’dodlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, boshqacha aytganda, «Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarish» hech gapmas.

Ochig‘i, asosiy tarkibiga bir hafta dam bergan «Lokomotiv»ning mag‘lubiyatiga jo‘yali sabab topishning o‘zi mushkul. Qandaydir ichki ovoz esa «Ayrim futbolchilar mas’uliyatni zimmalariga olishni, yana ham aniqrog‘i, o‘ynashni xohlashmayapti», demoqda. Shundaymi?

Bunisi endi bizga noma’lum. Ma’lumi shuki, hali har ikki jamoamizda «pley-off» bosqichiga chiqish imkoni mavjud. Buning uchun mag‘lubiyatlardan yetarli saboq chiqarilsa, bas!

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:05, 20.03.2018.
O'qildi: 2787 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.